O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
05.12.2017

DEMOKRATIK JAMIYATIMIZNING HUQUQIY POYDEVORI MUSTAHKAM

O‘zXDP tashkilotlari tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan rang-barang tadbirlar otkazilmoqda.

Forish tumanida otkazilgan tadbirda Jizzax viloyat hamda Forish tuman partiya kengashi mas’ullari, deputatlar, faxriylar, huquqshunos olimlar, professor-oqituvchilar qatnashdi.

Tuman partiya tashkiloti raisi Noriniso Irisova Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini aholi orasida keng tushuntirish, yoshlarning huquqiy madaniyati, bilimi hamda ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda partiya tashkilotlari va deputatlar oldida turgan dolzarb vazifalarga toxtalib otdi.

Sozga chiqqanlar Bosh qomusimizning yaratilish tarixi, demokratik huquqiy davlat barpo etish va inson manfaatlarini taminlashdagi ahamiyati xususida fikr yuritishdi. Konstitutsiyamizning xalqchilligi, xalqaro huquq meyorlariga mosligi hamda oziga xos jihatlari haqida malumot berildi.

Tadbir songida partiya safiga qoshilish istagini bildirgan bir guruh yoshlarga azolik guvohnomalari, faol partiya azolariga esdalik sovgalari topshirildi.

OzXDP Xorazm viloyat kengashi tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida ham shu mavzuda seminar otkazildi. Unda partiya faollari, Ozbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Fuqarolik jamiyatini organish mustaqil instituti Urganch filiali vakillari hamda talabalar ishtirok etdi.

Jonli muloqot tarzida otgan tadbirda talabalar Konstitutsiyamiz asosida amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar haqidagi savollariga javob olishdi.

OzXDP Namangan viloyat kengashi tomonidan Namangan muhandislik texnologiya institutida davra suhbati otkazildi.

Partiya masullari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari, talabalar ishtirok etgan tadbirni institutning manaviy-marifiy ishlar boyicha prorektori Marufjon Qayumov ochib, Konstitutsiyada yoshlarning huquq va manfaatlari kafolatlanganini takidladi.

— Har qanday demokratik davlatda fuqarolarning erkin fikrlash huquqi kafolatlab qoyiladi, dedi viloyat partiya kengashi sektori mudiri Jamoliddin Mominov. Shuning uchun mamlakatimizda siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari izchil va bosqichma-bosqich takomillashib bormoqda. Jumladan, Bosh qomusimizning qator moddalarida siyosiy partiyalar bilan bogliq qoidalar belgilab qoyilgan.

OzXDP viloyat kengashi raisi Ravshan Abdullayev, Namangan shahar partiya kengashi raisi, shahar Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Ilhomjon Ataboyev va boshqalar siyosiy partiyalarning Konstitutsiyada belgilab qoyilgan huquq va vakolatlaridan foydalanishning ahamiyati xususida oz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Oz muxbirlarimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: