O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
07.08.2012

Sud tizimi xodimlarining ijtimoiy muhofazasi

jamiyatda adolat tamoyillarini qaror toptirishga xizmat qiladi

PREZIDENTIMIZNING «SUD TIZIMI XODIMLARINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILIShNI TUBDAN YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TO‘GRISIDA»GI FARMONI, AVVALO, SUD TIZIMIDA IJTIMOIY HIMOYaNI, AYNI ChOGDA, KUChLI IJTIMOIY SIYoSAT YuRITISh BORASIDAGI ISLOHOTLARNI YaNADA KUChAYTIRIShGA QARATILGANI BILAN AHAMIYaTLIDIR.

Sohada faoliyat olib borayotgan sudyalar xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan oladigan daromadlari jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq tolovidan ozod qilinishi, ularning nafaqat ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, balki kasbiy nuqtai nazardan mustaqilligini ta’minlashga ham xizmat qiladi. Sudyalarga uy-joy sotib olish uchun imtiyozli shartlar asosida uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish, shuningdek, turar-joylar ijarasi uchun har oyda pul kompensatsiyasi tolab borish tartiblari kozda tutilishi, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida eng avvalo, inson manfaatlari mujassam ekanining yana bir yorqin dalilidir. Uy-joy muammolarining hal etilishi, oilaviy xotirjamlik kishi oz ishini sidqidildan bajarishi uchun imkon yaratadi. Inson taqdirini hal etadigan sudyalar uchun bu ota dolzarb, hayotiy ahamiyatga egadir.

Oliy sud va Oliy xojalik sudi bilan kelishilgan holda Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturini tasdiqlash vazifasi yuklatildi. Bu mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan asosiy ustuvor yonalishlarning ijrosiga hamda mamlakatimiz fuqarolarining hech qanday tosiqlarsiz axborot olishga bolgan huquq va erkinligini kafolatlashga qaratilgan amaliy mexanizmni mustahkamlashga qaratilgan.

Shuningdek, Farmonda Oliy sud Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda fuqarolik ishlari boyicha sudlar sudyalarining mavjud ish yuklamasini, tumanlararo sudlarning ozlariga biriktirilgan hududlarga nisbatan qanchalik olisda joylashganini organib chiqish va fuqarolik ishlari boyicha sudlar tizimini optimallashtirish boyicha takliflar ishlab chiqishi va amaliyotga taqdim etishi soha mutaxassislarining manfaatlariga tola mos keladi, sudyalarning ish hajmini kamayishi va sifatining osishiga xizmat qiladi.

Hafiza KARIMOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: