O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
03.06.2017

DAVLAT VETERINARIYA XIZMATI BOSHQARUVI TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Veterinariya sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, hayvonlarning sogligini saqlash boyicha samarali ishlarni tashkil etish, davlat veterinariya nazoratini kuchaytirish va veterinariya servis sifatini oshirish, epizootik barqarorlikni va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bolgan, hayvonlardan olinadigan raqobatdosh mahsulot va xomashyo ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, veterinariya xizmati tizimini yanada rivojlantirish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Qishloq va suv xojaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi negizida Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasi tashkil etilsin.

Belgilab qoyilsinki, Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xojaligi, qishloq xojaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda istemol tovarlari masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.

2. Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasining asosiy vazifalari va faoliyat yonalishlari etib quyidagilar belgilansin:

veterinariya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, meyoriy-huquqiy tartibga solishni taminlash, ushbu sohada davlat va xojalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ozaro hamkorligini muvofiqlashtirish, veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish;

veterinariya xizmatini yanada rivojlantirish boyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish, mamlakatimiz hududlariga hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni taminlash, amaliyotga hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini joriy etish, mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarish;

epizootik barqarorlikni taminlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oz vaqtida aniqlash, tashxis qoyish va tarqalishining oldini olishga doir profilaktik ishlarning samaradorligini monitoring qilish;

veterinariya togrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishida davlat nazoratini taminlash, veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish ishlarini sifatli va tizimli ravishda tashkil etish boyicha chora-tadbirlarni oz vaqtida ishlab chiqish va amalga oshirish;

hayvonlarni kasalliklardan himoya qilish, hayvonlardan olinadigan mahsulot va xomashyo xavfsizligini taminlashda idoraviy hamda ishlab chiqarish veterinariya xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoshimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

kadrlarni tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, rahbar va mutaxassislarning ish uslubi va shakllarini takomillashtirish, shu jumladan, tizimga qarashli idoralar, yuklatilgan vazifalarni oz vaqtida va sifatli ijrosi boyicha ularning masuliyatini oshirish;

veterinariya sohasida ilmiy, uslubiy va talim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar yonalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalari natijalarini veterinariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish;

xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda veterinariya xizmati faoliyatiga ilgor texnologiyalar va ish uslublarini joriy etish.

3. Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasi tizimida quyidagilar tashkil etilsin:

hududiy davlat veterinariya boshqarmalari negizida Qoraqalpogiston Respublikasi veterinariya qomitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari;

hududiy davlat veterinariya bolimlari bazasida tumanlar (shaharlar) veterinariya bolimlari.

Qoraqalpogiston Respublikasi veterinariya qomitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasiga va tegishli ravishda Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradilar.

4. Belgilab qoyilsinki:

Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasining raisi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasi raisining orinbosarlari Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

Qoraqalpogiston Respublikasi veterinariya qomitasi raisi Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasi raisi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalarining boshliqlari Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasi raisi tomonidan viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

tumanlar (shaharlar) veterinariya bolimlari boshliqlari Qoraqalpogiston Respublikasi veterinariya qomitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalarining boshliqlari tomonidan tuman (shahar) hokimlarining taqdimnomasiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasining raisi Ozbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektori, uning orinbosarlari Ozbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektorining orinbosarlari, Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasining Davlat veterinariya nazorati boshqarmasi veterinar mutaxassislari oz vakolatlari doirasida davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi;

Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshligi davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektori, uning orinbosarlari esa davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektorining orinbosarlari hisoblanadi;

Qoraqalpogiston Respublikasi veterinariya qomitasi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar veterinariya boshqarmalarining boshliqlari Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning orinbosarlari esa tegishli ravishda Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlarining orinbosarlari hisoblanadi;

tumanlar (shaharlar) veterinariya bolimlarining boshliqlari tegishli ravishda tumanlar (shaharlar) bosh davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi;

veterinariya uchastkalari va bozorlar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasining mudirlari, tegishli ravishda uchastka va bozorlarda davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi;

chegaradagi va transportdagi veterinariya punktlarining (uchastkalarning) boshliqlari va veterinar vrachlari, tegishli ravishda chegaradagi va transportdagi veterinariya punktlarining (uchastkalarning) davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.

5. Belgilansinki:

Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasi Ozbekiston Respublikasi Qishloq va suv xojaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining huquqlari va majburiyatlari boyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasining oz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi;

Davlat veterinariya xizmati Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablaglari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan taminlanadi.

6. Ozbekiston Respublikasi Qishloq va suv xojaligi vazirligining:

Ozbekiston Respublikasi Qishloq va suv xojaligi vazirligi huzuridagi Ozbekiston Qishloq xojaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tasarrufidagi Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutini Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasi tuzilmasiga berish togrisidagi;

Epizootiyaga qarshi kurashish respublika ekspeditsiyasi va Hayvonlarning oqsil kasalligiga qarshi kurashish otryadi tugatilib, ularning funksiyalarini Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasining Hayvonlar sogligini saqlash boshqarmasi zimmasiga yuklash togrisidagi;

Hayvonlarning ota xavfli kasalliklari boyicha davlat laboratoriyasi, Parranda kasalliklari boyicha davlat veterinariya laboratoriyasi va Respublika davlat veterinariya laboratoriyasi negizida Respublika hayvonlar kasalliklari va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tashxis markazini tashkil etish togrisidagi;

Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoshimchalarning sifatini nazorat qilish davlat laboratoriyasini Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoshimchalari sifati va muomalasini nazorat qilish davlat ilmiy markaziga aylantirish togrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

7. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.

8. Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu farmondan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2017 yil 1iyun


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: