O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
31.07.2012

Reklama faoliyati

axloq me’yorlariga mos bo‘lishi zarur

OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASIDA AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI MASALALARI QOMITASINING YIGILISHI BOLIB OTDI. UNDA «REKLAMA TOGRISIDA»GI QONUNNING TOSHKENT SHAHRI VA SAMARQAND VILOYATIDAGI IJROSI MUHOKAMA ETILDI.

Yigilishda Qonunchilik palatasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi, mahalliy davlat boshqaruvi idoralari, mutaxassislar, reklama agentliklari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

Takidlanganidek, keyingi yillarda zamonaviy kommunikatsiya vositalarining taraqqiy etishi reklama sohasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotning muhim qismiga aylanishida katta ahamiyat kasb etdi.

Bugungi kunda reklama axboroti nafaqat tovar va xizmatlarni bozorda sotish uchun qulay vosita, balki mamlakat iqtisodiyotining istiqbolli sohalaridan hisoblanadi, deyildi yigilishda.

Hafiza KARIMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi:

— Otgan yili respublikamizda reklama agentliklari soni 482 tani tashkil qilgan bolsa, joriy yilda bu korsatkich 494 taga yetdi. Toshkent shahrida reklama tarqatish bilan bogliq yonalishlarning 35 foizi televidenie, 24 foizi radio, 23 foizi bosma nashrlar va 18 foizi tashqi reklama, Samarqand viloyatida esa 42 foizi televidenie, 14 foizi radio, 28 foizi bosma nashrlar hamda 16 foizi tashqi reklamaga togri keladi.

Yaqinda qomitamiz ishchi guruhi tomonidan mazkur hududlarda Qonun talablarining ijrosi organildi. Tahlillar shuni korsatdiki, bu sohada koplab ijobiy ishlar bilan birgalikda, 2011 yil va joriy yilning shu davriga qadar bazi huquqbuzarliklar ham sodir etilmoqda. Ular asosan notogri reklama tarqalishi, tashqi reklamani joylashtirish tartibi va talabining buzilishi, televidenieda belgilangan vaqtga amal qilmaslik, reklamaga oid talablarning bajarilmasligi bilan bogliq.

Ayni paytda Toshkent shahri va Samarqand viloyatida tashqi reklamani joylashtirish boyicha tashkil etilgan komissiya tomonidan bu boradagi qonunchilik meyorlari targib etilmoqda.

Tadbirda mazkur sohadagi qonunchilikni takomillashtirishda jamoatchilik manfaatlarini inobatga olgan holda xojalik yurituvchi subektlarning reklama faoliyati axloq meyorlariga mos bolishini belgilash lozimligi takidlandi. Shuningdek, tegishli tashkilotlarga qonun talablarini bajarish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Xususan, reklama bozorini monitoring qilish, sohaga oid statistika tizimini yanada yaxshilash, tashqi reklamani joylashtirish qoidalariga qatiy amal qilish, reklama beruvchi va tarqatuvchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish, tashqi reklamaning davlat tilidagi matnini kopaytirish borasida amaliy takliflar aytildi.

Yigilish yakunida korilgan masala yuzasidan qomitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: