O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
02.05.2017

OZBEKISTON STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLASHTIRISH AGENTLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro standartlarni va texnik reglamentlarni tizimli joriy etish, Ozbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini rivojlantirish asosida mahalliy mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish, shuningdek, «Ozstandart» agentligining tuzilmasini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish maqsadida:

1. Ozbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining ustuvor vazifalari va yonalishlari etib quyidagilar belgilansin:

mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish;

mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish;

eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yonaltirilgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish;

texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni taminlashda ularning samaradorligini oshirish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga korsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish;

texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.

2. Ozstandart agentligi, Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasining:

a) Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasini, unga:

Toshkent shahar sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasini qoshish;

Ozstandart agentligi markaziy apparati tuzilmasidan chiqarilayotgan Mahsulotlarni eksport qilishga komaklashish byurosini otkazish yoli bilan qayta tashkil etish;

b) Ozstandart agentligi qoshida:

Ozbekiston muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi davlat korxonasini (Ozbekakkreditatsiya DK) tashkil etish;

mavjud Milliy etalonlar markazi davlat muassasasi, Metrologiya xizmatlari korsatish markazi davlat korxonasi va Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti davlat muassasasining metrologik bolinmalari negizida Ozbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasini (OzMMI DK) tashkil etish togrisidagi takliflari qabul qilinsin.

3. Quyidagilar davlat korxonalari faoliyatining asosiy vazifalari va yonalishlari etib belgilansin:

a) Ozbekiston muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi davlat korxonasining:

muvofiqlikni baholash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etishi;

muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlarni xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiya qilish, shuningdek, muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlari tomonidan belgilangan shartlar va talablar bajarilishi ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirishi;

xalqaro va milliy akkreditatsiya organlari bilan faol hamkorlik qilishi;

b) Ozbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasining:

Ozbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini takomillashtirish va rivojlantirish boyicha choralarni amalga oshirishi;

etalonlar, eng yuqori aniqlikdagi olchov vositalarini saqlab turishi, ularni xalqaro darajada solishtirishi, shuningdek, olchov birliklarini saqlashi va uzatishi;

olchovlarning yagona birlikda bolishini taminlash boyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqishi, metrologik nazorat natijalarini ozaro tan olish boyicha xalqaro shartnomalarni amalga oshirishi;

metrologik tekshiruvni va metrologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishi.

4. 2017-2020 yillarda Ozstandart agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish boyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq maqullansin.

5. Ozbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

Ozbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining 39 nafardan kop bolmagan yangilangan tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni 4 va 4a-ilovalariga muvofiq;

2018-2021 yillarda Ozbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasi tomonidan xarid qilinadigan etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi olchov vositalari royxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ozbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktoriga zarur hollarda markaziy apparat va quyi tashkilotlar tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida ozgartishlar kiritish huquqi berilsin.

6. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish boyicha idoralararo kengash tugatilib, Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirishni rivojlantirish va mahsulot sifatini boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boyicha maxsus ishchi guruh 6-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Maxsus ishchi guruh zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:

standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish tizimlarini joriy etish sohasidagi ustuvor yonalishlarni belgilash hamda qonunchilik va normativ hujjatlarni ishlab chiqishni tashkillashtirish;

texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiyaning milliy tizimlarini rivojlantirish boyicha kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish;

respublikamiz korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bolgan mahsulot sifatini boshqarish tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish va ularning tizimli monitoringini amalga oshirish.

7. Ozstandart agentligi ikki oy muddatda Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda Ozbekiston Respublikasining Parij shahrida 1875 yil 20 mayda qabul qilingan Metrik konvensiyaga qoshilish masalasini organib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tegishli taklif kiritsin.

8. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda 5-ilovada qayd etilgan etalonlar va yuqori aniqlikdagi olchash vositalarini xarid qilish uchun zarur bolgan mablagni nazarda tutsin.

9. Ozbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Forobiy kochasi, 333a, 333b uylarda;

Ozbekiston muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi davlat korxonasi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Forobiy va Harakat kochalarida joylashtirilsin.

10. Ozstandart agentligi yangi tashkil etilgan Ozbekiston muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi davlat korxonasini yuqori malakali kadrlar, moddiy-texnik va moliyaviy manbalar bilan taminlash orqali uning samarali faoliyat yuritishini tashkil etsin.

11. Istisno tariqasida:

Ozbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasiga Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, etalonlarni tayyorlashga ixtisoslashgan yetakchi xorijiy metrologik tashkilotlar bilan togridan-togri shartnomalar tuzish orqali etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi olchov vositalarini xarid qilish;

Ozstandart agentligi va uning tashkiliy tuzilmalariga Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi davlat korxonasi bilan texnik va tizimli xizmat korsatish, jumladan, server va telekommunikatsiya uskunalariga, komputer va tashkiliy texnikaga xizmat korsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va kuzatib borish, shuningdek, axborot xavfsizligini taminlash boyicha tender (tanlov) otkazmagan holda shartnomalar tuzish ruxsat etilsin.

12. Ozstandart agentligi bir oy muddatda:

Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Ozstandart agentligi va uning bolinmalari shtat jadvallari va xarajatlar smetasiga 2017 yil uchun smeta xarajatlarida nazarda tutilgan shtat birliklari va byudjet ajratmalari doirasida, mazkur qarordan kelib chiqadigan tegishli ozgartishlar kiritsin;

belgilangan tartibda Ozbekiston muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi va Ozbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonalari nizomlarini tasdiqlasin va davlat royxatidan otkazilishini taminlasin;

Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsin.

13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari U.U.Rozuqulov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2017 yil 28 aprel


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: