O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
22.04.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONIGA SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 aprelda imzolangan «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish togrisida»gi PF-5024-sonli Farmoniga

SH A R H

Mustaqillik yillarida Ozbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlikni ta’minlash boyicha muhim huquqiy, tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni bevosita tartibga soluvchi 15 dan ziyod qonun, tabiiy resurslarning ayrim turlaridan foydalanish mexanizmlari va shartlari, shuningdek, davlat ekologik ekspertizasini amalga oshirish, turli toifadagi qoriqlanadigan hududlarni tashkil qilish va ularda alohida foydalanish rejimini ornatish tartib-taomillari va boshqa masalalarni belgilab bergan 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi va amal qilmoqda.

Qabul qilingan hujjatlar atrof-muhit obyektlarining ifloslanish darajasini malum darajada kamaytirish, qoriqlanadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, xalqaro tashkilotlarni milliy ekologik muammolarni hal etishga jalb qilish imkonini berdi.

Shu bilan birga, atrof-muhit muhofazasi sohasida amaldagi davlat boshqaruvi tizimi va nazorati boyicha otkazilgan tahlil bir qator kamchilik va muammolar borligini korsatdi, xususan:

chiqindilar bilan bogliq ishlarni amalga oshirish sohasida jismoniy va yuridik shaxslar, maxsus vakolatli davlat organlari, tashkilot va korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hamda nazorat qiluvchi yagona davlat organining mavjud emasligi;

Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasining Vazirlar Mahkamasiga boysunish tartibining huquqiy asoslari yoqligi tufayli atrof-muhit muhofazasi sohasida idoralararo tolaqonli hamkorlik qilish va bu boradagi vazifalarni amaliy jihatdan hal etish imkoni yoqligi;

atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasidagi ekologik, sanitariya meyor va talablarini buzganlik uchun qonunchilikda nazarda tutilgan mamuriy jazo choralarining yetarli emasligi va samarasi pastligi;

Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasining chiqindilar bilan ishlash sohasidagi vakolatlari faqat ishlab chiqarish chiqindilarini nazorat qilish bilan cheklangan edi. Qomitaning amaldagi tashkiliy tuzilishi va shtatlar birligi unga yuklatilgan vazifalarni sifatli va toliq hajmda amalga oshirish imkonini bermayapti.

Shu munosabat bilan, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, chiqindilar bilan bogliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taminlash, bu yonalishdagi davlat boshqaruvi va nazorat tizimini takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida kozda tutilgan boshqa vazifalarni hal etish uchun Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish togrisidagi Farmoni qabul qilindi. Farmonda Ozbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasini Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boysunuvchi va hisobot beruvchi Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasiga aylantirish (keyingi orinlarda — Davlat ekologiya qomitasi) nazarda tutilmoqda.

Farmon bilan Davlat ekologiya qomitasiga quyidagi vazifalar yuklandi:

ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;

maishiy chiqindilarni toplash, tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va komish ishlarining samarali tizimini tashkil etish;

atrof-muhitning ekologik holati maqbul tarzda saqlanishini, ekologiya tizimlari, tabiiy komplekslar va alohida obyektlarni qoriqlashni, ekologik vaziyat soglomlashtirilishini taminlash;

yer, yer osti boyliklari, suv, ormonlar, qoriqlanadigan tabiiy hududlar, hayvonot va osimlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish, chiqindilar bilan bogliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya qilish borasida davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini yuritish, shuningdek, yovvoyi hayvonlar, yovvoyi osimliklar kopaytiriladigan va saqlanadigan pitomniklar, zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish;

ekologik tarbiya, targibot va marifiy ishlarni, shuningdek, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.

Farmonga muvofiq quyidagi tuzilmalar tashkil etiladi:

Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi, Qoraqalpogiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qomitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining markaziy apparatlarida Chiqindilarning hosil bolishi, ularni toplash, saqlash, tashib ketish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, komish va realizatsiya qilish boyicha nazorat inspeksiyalari;

Qoraqalpogiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qomitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzurida Toza hudud davlat unitar korxonalari va mamlakatimiz shaharlarida, shuningdek, tuman hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining chiqindilarni olib ketish boyicha xizmat korsatadigan uchastkalari negizida ularning filiallari;

tabiatni muhofaza qilish respublika va mahalliy jamgarmalari negizida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogliq ishlarni amalga oshirish boyicha jamgarma tashkil etiladi, jamgarma mablaglari birinchi navbatda atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlariga, jumladan, chiqindilar bilan bogliq ishlarga va bioresurslarni saqlash va qayta tiklashga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza va monitoring qilish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini otkazishga, targibot va marifiy ishlarni tashkil etishga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashga yonaltiriladi;

Ozbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasining Hayvonot va osimliklar dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish respublika inspeksiyasi Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasining Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tuziladi va uning hududiy inspeksiyalari tashkil qilinadi.

Xorijiy mamlakatlarning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari faoliyatini tashkil qilishga oid tajribasidan kelib chiqqan holda mamlakatimiz qonunchiligiga Davlat ekologiya qomitasi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oldida hisobot berib borishi yuzasidan ozgartish va qoshimchalar kiritish nazarda tutilgan. Shuningdek, Ozbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksiga jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish, bu borada chiqindilar bilan bogliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima sanksiyalari miqdorini oshirish, Ozbekiston Respublikasining Tabiatni muhofaza qilish togrisidagi, Er osti boyliklari togrisidagi qonunlariga kop joyda uchraydigan foydali qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan ozgartish kiritiladi.

Mazkur farmonning amalga oshirilishi juda muhim ahamiyatga ega bolib, quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:

birinchidan atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida faoliyat korsatayotgan davlat nazorati va boshqaruvi organlarining tizimli ish olib borish samaradorligini oshiradi;

ikkinchidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi idoralararo samarali hamkorlikni taminlaydi;

uchinchidan atrof-muhitning ekologik holati, ekologik tizim, tabiiy komplekslar va alohida obyektlarni qoriqlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: