O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
22.04.2017

EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Respublikada ekologik xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish, ekologik holatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar sogligiga zararli tasirining oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, maishiy chiqindilarni yigish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va komish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi etib qayta tashkil etilsin.

Belgilab qoyilsinki, Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi oz faoliyatida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.

2. Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi faoliyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi;

atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning soglomlashtirilishini taminlash;

chiqindilar bilan bogliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yigish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va komish borasida tasirchan tizimni tashkil etish;

yer, yer osti boyliklari, suv, ormonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot va osimlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratni ornatish;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni amalga oshirishga oid amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni taminlash;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini yuritish, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni, yovvoyi osimliklarni kopaytirish va saqlash pitomniklarini, zoologiya va botanikaga oid kolleksiyalarni davlat tomonidan royxatga olish;

ekologik tarbiya, targibot va talimni, shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.

3. Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi tarkibida tegishli ravishda Qoraqalpogiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qomitalari negizida Qoraqalpogiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qomitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tashkil etilsin.

4. Belgilab qoyilsinki:

Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasining raisi va rais orinbosarlari Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;

Qoraqalpogiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qomitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasiga va tegishli ravishda Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradilar;

Qoraqalpogiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qomitasi raisi Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;

viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining boshliqlari Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi raisi tomonidan viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

5. Belgilansinki:

Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi Ozbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasining shartnomalari va majburiyatlari boyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasining oz vakolatlari doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy xarakterga ega bolgan qarorlari davlat va xojalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xojalik yurituvchi subyektlar, mulkchilik shakllari va idoraviy boysunishidan qatiy nazar, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir;

Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun, shu jumladan, chiqindilar bilan bogliq ishlar sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun aybdor shaxslarni ornatilgan tartibda mamuriy javobgarlikka tortish huquqiga egadir.

6. Quyidagilar:

Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi markaziy apparati tarkibida Chiqindilarning hosil bolishi, toplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, komilishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi, shuningdek, Qoraqalpogiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qomitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining apparatlarida Inspeksiyaning hududiy bolinmalari;

Qoraqalpogiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qomitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzurida «Toza hudud» davlat unitar korxonalari va shaharlarda hamda respublika tumanlarida tuman hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining maishiy chiqindilarni tashib ketish boyicha xizmatlar korsatish uchastkalari negizida ularning filiallari tashkil etilsin.

7. Ozbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasining Hayvonot va osimliklar dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish respublika inspeksiyasi Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi huzuridagi Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tashkil etilsin, uning hududiy inspeksiyalari tuzilsin.

8. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Adliya vazirligining Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasida tabiatni muhofaza qilish respublika va hududiy jamgarmalari negizida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogliq ishlarni amalga oshirish jamgarmasini tashkil etish, uning mablaglarini, birinchi navbatda, atrof-muhitni muhofaza qilish, shu jumladan, chiqindilar bilan bogliq ishlarni amalga oshirish, bioresurslarni saqlash va qayta tiklash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va uning monitoringi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish, targibot va talim ishlarini tashkil etish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, shuningdek, Davlat qomitasi zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan aloqador boshqa maqsadlarga yonaltirish togrisidagi takliflari qabul qilinsin.

9. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

a) bir hafta muddatda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi faoliyatini tashkil etishni taminlash chora-tadbirlari togrisidagi va 2017 — 2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bogliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorlari loyihasini kiritsin, Chiqindilar bilan bogliq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish va muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi tuzilishini nazarda tutsin;

b) Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga Ozbekiston Respublikasining quyidagi qonun loyihalarini ikki hafta muddatda kiritsin:

Ozbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasining raisini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish boyicha Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80 va 93-moddalariga ozgartishlar kiritish togrisida;

chiqindilar bilan bogliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima sanksiyalari miqdorlarini oshirishni nazarda tutib, fuqarolar va mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirishni kozda tutuvchi Ozbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik togrisidagi Kodeksiga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida;

keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan Ozbekiston Respublikasining Tabiatni muhofaza qilish togrisidagi va Er osti boyliklari togrisidagi qonunlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida.

10. Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2017 yil 21 aprel


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: