O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
20.04.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONIGA SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish togrisida»gi Farmoniga

SH A R H

Mustaqillik yillarida Ozbekistonda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash borasida keng kolamli ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda ichimlik suvi taminoti tizimini rivojlantirishga doir muhim dastur va loyihalar hayotga izchil tatbiq etilishi shahar va tumanlar, jumladan, qishloq joylarda markazlashtirilgan suv taminoti holatini tubdan yaxshilash imkonini berdi.

Shu bilan birga, ichimlik suvini oqilona va samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish va realizatsiya qilish, ichimlik suvi sifatini nazorat qilish, foydalanilgan suvlarni oqizish (kanalizatsiya) hamda oqova suvni tozalash xizmatlarini tashkil etish sohasidagi qonunchilik va meyoriy-texnik hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bilan bogliq hal etilmagan qator muammolar mavjud.

Ushbu muhim vazifalarni inobatga olgan holda, mazkur Farmon bilan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi orinlarda — Davsuvinspeksiya) tashkil etildi. Inspeksiyaning asosiy vazifalari etib:

ichimlik suvini oqilona va samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish va realizatsiya qilish, kanalizatsiya hamda oqova suvlarni tozalash xizmatlari korsatishni texnik tartibga solishga oid qonunchilik va meyoriy hujjatlar talablariga rioya etish;

suv taminoti va kanalizatsiya tashkilotlari tomonidan suv taminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini texnologik jarayon va energiya tejashni takomillashtirishga qaratilgan texnik auditdan otkazish;

suv taminoti va kanalizatsiya tizimiga ulanish boyicha texnik shartlar talabiga rioya etish, suv taminoti va kanalizatsiya tizimiga ozboshimchalik bilan ulanish holatlariga yol qoymaslik;

suv taminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlaridan foydalanish holati va sharoitlari, suv taminoti va kanalizatsiya tizimida nosozliklar va avariya holatlarining oldini olish boyicha tadbirlarni amalga oshirish, ichimlik suvi isrof bolishining ornatilgan meyorlardan oshmasligi;

mulkchilik shaklidan qati nazar, barcha yerosti suv quduqlaridan foydalanish holati va sharoitlari ustidan davlat nazoratini taminlash belgilandi.

Davsuvinspeksiya oz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun:

mulkchilik shaklidan qati nazar, barcha toifadagi suv taminoti va kanalizatsiya obyektlari, shuningdek, suv chiqarish quduqlarini oz vakolatiga taalluqli masalalar boyicha organish;

yuridik va jismoniy shaxslarning obyektlari, shuningdek, turar joylarda suv taminoti va kanalizatsiya tizimlariga ulanish hamda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etish boyicha belgilangan tartibda tekshiruvlar otkazish;

suv taminoti va kanalizatsiya sohasidagi qonunchilik talablari, shuningdek, suv taminoti va kanalizatsiya tizimlariga ulanish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarima solish huquqiga ega.

Farmonga muvofiq, Davsuvinspeksiya oz faoliyatini:

ichimlik suvini oqilona va samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish va realizatsiya qilish, ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash xizmati korsatish masalalari boyicha Ichimlik suvi taminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boyicha Respublika komissiyasi bilan;

suv taminoti va kanalizatsiya sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shuningdek, ichimlik suvi ishlab chiqarishning texnologik jarayoniga rioya qilish masalalarida Ozbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligi bilan;

yerosti suvlari quduqlaridan samarali foydalanishni taminlash boyicha tizimli monitoring olib borish, gidrogeologik axborotlarni tahlil qilish masalalarida Ozbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qomitasi bilan;

ichimlik suvidan oqilona foydalanish, suv taminoti va kanalizatsiya tizimiga ozboshimchalik bilan ulanishga yol qoymaslik masalalari boyicha mahalliy ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari bilan ozaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Davsuvinspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari faoliyati Ozbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablaglari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Mazkur Farmonning amalga oshirilishi:

birinchidan ichimlik suvini oqilona va samarali ishlab chiqarish sohasidagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini ornatish;

ikkinchidan ichimlik suvini yetkazib berish va realizatsiya qilish, shuningdek, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash xizmatlarini korsatish ustidan nazorat ornatish;

uchinchidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvi taminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boyicha Respublika komissiyasi, Ozbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligi, Ozbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qomitasi hamda joylardagi ijro hokimiyati organlari bilan ozaro hamkorlikni taminlash imkonini beradi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: