O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
24.07.2012

Jamgarib boriladigan pensiya taminoti

ijtimoiy himoya tizimining yangi shakli

OLIY MAJLIS QONUNChILIK PALATASI MEHNAT VA IJTIMOIY MASALALAR QO‘MITASINING «FUQAROLARNING JAMGARIB BORILADIGAN PENSIYA TA’MINOTI TOGRISIDA»GI OZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI IJROSINI FARGONA VILOYaTIDA ORGANISh YaKUNLARIGA BAGIShLANGAN YIGILIShI BOLIB OTDI.

Unda Qonunchilik palatasi deputatlari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda Moliya vazirliklari, Davlat soliq qomitasi, Davlat-tijorat Xalq banki vakillari, shuningdek, byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasining masul xodimlari ishtirok etdi.

Yigilishda takidlanganidek, mamlakatimizda mustaqillik yillarida shakllangan ijtimoiy himoya tizimining asosiy maqsadi aholi farovonligini yanada yaxshilash, daromadlari jihatidan keskin tafovutlarga barham berish, har bir fuqaroga munosib hayot darajasini taminlashga yordam berishdan iborat.

Bu borada yurtimizda barcha huquqiy shart-sharoit yaratildi. Jumladan, 2004 yilda Fuqarolarning jamgarib boriladigan pensiya taminoti togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining kuchga kirishi sohaning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Muzaffar AKRAMOV, Ozbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki raisi orinbosari:

Mazkur Qonunning qabul qilinishi jamiyat hayotida ijtimoiy himoyaning yangi shakli jamgarib boriladigan pensiya taminoti tizimi shakllanishida muhim omil boldi. Bu tizim eng avvalo, qariyalar va ijtimoiy komakka muhtoj boshqa shaxslarning qoshimcha moddiy taminotdan manfaat korishiga zamin yaratadi.

2012 yil 1 yanvar holatiga kora, mamlakatimizda 7 million, Fargona viloyati boyicha esa 700 ming nafardan ziyod fuqaro jamgarib boriladigan pensiya oluvchilar royxatiga kiritilgan. Qonun hujjatlarida belgilanganidek, Xalq banki fuqarolarning jamgarib boriladigan pensiya taminoti tizimida yigilgan mablaglarni markazlashgan holda uzoq muddatli aktivlarga investitsiya va kredit resurslari sifatida joylashtirib kelmoqda.

Yigilish ishtirokchilari Fargona viloyatida Fuqarolarning jamgarib boriladigan pensiya taminoti togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi samaradorligini organish davomida aniqlangan xato va kamchiliklar, oz yechimini kutayotgan dolzarb masalalar haqida alohida toxtalishdi.

Xususan, bu yerda ish beruvchi tomonidan majburiy jamgarib boriladigan pensiya hisob varaqalari ochish, ularni yuritish tartibiga rioya qilish, badallarni togri va toliq hisoblab chiqarish va oz vaqtida tolanishi boyicha qator kamchiliklar borligi, bu boradagi faoliyat ustidan nazorat olib boradigan moliya, davlat soliq xizmati organlari hamda xalq banki ortasida ozaro hamkorlik zarur darajada yolga qoyilmaganiga urgu berildi.

Qatnashchilar bu kabi holatlarni bartaraf etish va ularning oldini olish boyicha oz fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini bildirishdi. Jumladan, Fuqarolarning jamgarib boriladigan pensiya taminoti togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining bazi normalarini davr talabidan kelib chiqib, yanada takomillashtirish, jamgarib boriladigan pensiya badallari mablaglari otkazilgan xodimlar reestrini oz vaqtida taqdim etmaganligi holati yuzasidan nazoratni va korxona va tashkilotlarning majburiyatini kuchaytirish lozimligi takidlandi.

Yigilish yakunida qomitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Dilshod NARZULLAYEV,

Sevara JUMAYEVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: