Joriy yilning 6-8 mart kunlari futzal bo‘yicha XXI milliy chempionatning chorak final bellashuvlari bo‘lib o‘tgan edi. Unda amaldagi chempion «Olmaliq», «Do‘stlik-AIN», «Ardus» va «Bunyodkor» jamoalari raqiblarini yengib yarim finalga yo‘l olishgan edi. Oliy liga yarim final uchrashuvlari 12-14 aprel kunlari Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida o‘tkaziladi.
O‘yinlar taqvimi quyidagicha:
12 aprel
«Olmaliq» — «Bunyodkor»
«Do‘stlik-AIN» — «Ardus»
13 aprel
«Bunyodkor» — «Olmaliq»
«Ardus» — «Do‘stlik-AIN»
14 aprel
«Olmaliq» — «Bunyodkor»
«Do‘stlik-AIN» — «Ardus»
Yarim final uchrashuvlari tomonlardan birining ikkita g‘alabasiga qadar davom etadi. Agar bitta klub dastlabki ikki kundagi o‘yinni o‘z foydasiga hal etsa, u holda uchinchi kungi bahsga hojat qolmaydi. Uchrashuvlarning boshlanish vaqti qo‘shimcha e’lon qilinadi.
Shahboz SAIDOV,
«O‘zbekiston ovozi» muxbiri.