O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
06.04.2017

IKKINCHI JAHON URUSHI QATNASHCHILARINI RAGBATLANTIRISH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

9 may umumxalq bayrami — Xotira va Qadrlash kuni otkazilishi, shuningdek, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan galabaning 72 yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy ragbatlantirish maqsadida:

1. 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 2 000 000 (ikki million) som miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin.

2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bogliq sarf-xarajatlar Ozbekiston Respublikasi byudjeti mablaglari hisobidan amalga oshirilsin.

3. Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasin.

4. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qomitasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, Badiiy akademiya, Respublika Manaviyat targibot markazi, Nuroniy jamgarmasi va Mahalla xayriya jamoat fondi, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va shani-sharafi himoyachilariga bagishlangan maxsus uchrashuvlar va marifiy-badiiy kechalar otkazsin.

5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2017 yil 4 aprel


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: