O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
04.02.2017

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni tolash mexanizmini takomillashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qaroriga SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni tolash mexanizmini takomillashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi qarorida pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli va samarali himoya qilish, ular Ozbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun tolovlarni tosiqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratishga doir qat’iy choralar belgilangan.

Mazkur qaror mamlakatimiz hududlarida ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar tolashdagi mavjud ahvolni tanqidiy tahlil qilish natijasida qabul qilindi. Bundan tashqari, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelayotgan murojaatlar tahlili ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni oz vaqtida tolamaslik, tolovlarni plastik kartochkalarga naqdsiz shaklda asossiz ravishda otkazish holatlari kopaygani hamda tolov terminallari va bank apparatlari tizimi yetarli darajada rivojlanmaganini korsatmoqda.

2016 yil 27 sentabrda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi ishga tushganidan buyon 7 mingdan ortiq shunday mazmundagi murojaatlar kelib tushgan.

Ushbu salbiy holatlarga barham berish maqsadida qarorda 2017 yil fevral oyidan boshlab:

birinchidan, barcha turdagi pensiyalarni tolash hech qanday cheklovlarsiz toliq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi;

ikkinchidan, 58 togli va olis tumanlarda joylashgan byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi tolash, shuningdek, ushbu tumanlar aholisiga ijtimoiy tolovlar ham hech qanday cheklovlarsiz toliq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi;

uchinchidan, oliy oquv yurtlari talabalariga stipendiya tolash 50 foizdan kam bolmagan miqdorda naqd shaklda amalga oshirilishi belgilangan.

Shu bilan birga, Moliya vazirligi, Pensiya jamgarmasi va pochta xizmati tashkilotlariga pensiyalarning uzluksiz, tegishli oyning 27 sanasidan kechiktirmay tolanishini taminlashga doir qatiy topshiriq berilgan.

Bundan tashqari, hududlarda shakllangan ish haqini naqd shaklda hamda plastik kartalarga otkazish yoli bilan tolashdagi nisbatlar tanqidiy qayta korib chiqiladi. Bu jarayonda odamlar oz ish haqidan foydalanishda muammolarga duch kelmasligi va ozlariga kerakli tovar va xizmatlarni erkin xarid qilishlari uchun mavjud tolov terminallari infratuzilmasi hisobga olinadi.

Markaziy bank tijorat banklarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hamda ularga tenglashtirilgan tolovlarni tolashda yol qoyilayotgan qoidabuzarliklar va kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etishga doir ishlarini tashkil etishi lozim. Birinchi talabga binoan pul mablaglari xojalik yurituvchi subyektlar hisobvaraqlaridan hech qanday moneliksiz berilishini taminlashi zarur.

Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarning oz vaqtida va toliq tolanishi Bosh prokuratura tomonidan qatiy nazoratga olinadi. Shuningdek, Bosh prokuratura tijorat banklari mansabdor shaxslarining belgilangan tartibni buzganlik uchun javobgarlikka tortilishi togrisidagi qonunchilik normalarining amalda qollanilishini organadi.

Shu bilan bir qatorda, qarorda tijorat banklarini ish haqi, pensiyalar va boshqa ijtimoiy tolovlarni tolash uchun kerakli naqd pul mablaglari bilan taminlash maqsadida pul mablaglarining savdo va xizmat korsatish sohasidan toliq va oz vaqtida tijorat banklari kassalariga topshirilishini taminlashga qaratilgan hamda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos keladigan tizimli kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish kozda tutilgan.

Prezidentimiz qarori ijrosini taminlash ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hamda ularga tenglashtirilgan tolovlarni amalga oshirish bilan bogliq vaziyatni tubdan yaxshilash va fuqarolarning oz pul mablaglarini ozlariga qulay shaklda olish boyicha qonuniy huquqlarini tola taminlashga xizmat qiladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: