O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
04.02.2017

ISH HAQI, PENSIYA, NAFAQA VA STIPENDIYALARNI TOLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QOSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni tolash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini sozsiz ta’minlash, ularning Ozbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun tolovlarni tosiqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi rahbarlarining etibori Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar oz vaqtida tolanmayotgani, tolov terminallari va bank apparatlari tizimi yetarli darajada rivojlanmagan holda tolovlar plastik kartochkalarga asossiz ravishda otkazilayotgani togrisida koplab murojaatlar kelib tushayotganiga qaratilsin.

2. Belgilab qoyilsinki, 2017 yilning fevral oyidan boshlab:

barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz toliq hajmda naqd shaklda beriladi;

ilovada keltirilgan togli va olis tumanlardagi byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi tolash, ijtimoiy tolovlar hech qanday cheklovlarsiz toliq hajmda naqd shaklda amalga oshiriladi;

oliy oquv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 foizi naqd shaklda beriladi.

3. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi, «Ozbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyati pensiyalar mazkur qarorning 2-bandiga muvofiq, qonunchilikda belgilangan muddatda, tegishli oyning 27 sanasidan kechiktirmay tolanishini taminlasin.

4. Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki:

tijorat banklari bilan birgalikda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hamda ularga tenglashtirilgan tolovlarni tolashda yol qoyilayotgan doimiy suiistemolliklarni sozsiz bartaraf etishga doir choralarni korsin, tolovlarning birinchi talabga binoan xojalik yurituvchi subyektlar hisob raqamlaridan hech qanday moneliksiz berilishini taminlasin;

Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qomitasi, tijorat banklari, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda mavjud tolov terminallari infratuzilmasini hisobga olgan holda ish haqini naqd shaklda va plastik kartalarga otkazish yoli bilan tolashni tanqidiy qayta korib chiqsin va bu borada maqbul nisbatlarni belgilasin. Qabul qilingan chora-tadbirlar togrisida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga axborot berilsin.

5. Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bir oy muddatda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi 147-sonli Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul tolovlarini uzluksiz taminlash kafolatlari togrisidagi qarorining 3- va 4-bandlarida kozda tutilgan naqd pul mablaglari oz vaqtida berilishini taminlamayotgan tijorat banklari rahbarlari va mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish boyicha normalar amalda qanday qollanilayotganini organsin.

6. Ozbekiston Respublikasi Davlat soliq qomitasi tijorat banklari, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda naqd pul mablaglarining bankdan tashqari aylanmaga chiqib ketishiga yol qoymaslik hamda uning savdo va xizmat korsatish sohasidan tijorat banklari kassalariga oz vaqtida qaytarilishini taminlashga qaratilgan aniq tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taminlasin.

7. Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarning oz vaqtida va uzluksiz tolanishini taminlash boyicha Ozbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B.Abdullayev, Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri orinbosari R.S.Azimov va Markaziy bank raisi F.M.Mullajonov zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2017 yil 2 fevral


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: