O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
03.07.2012

Yoshlar parlament faoliyati bilan tanishdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi hamda Markaziy Kengashi hamkorligida «Mamlakatning ishonchi va tayanchi — Ozbekiston yoshlarining fuqarolik jamiyati qurishdagi orni» mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida fraksiya a’zolari, Istiqbol yoshlar qanoti faollari ishtirok etdi.

Tadbir yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, davlat boshqaruvini demokratlashtirish va bu jarayonda siyosiy partiyalarning orni haqida yoshlarga keng tushuncha berish, shu orqali ularda faol fuqarolik qarashlarini takomillashtirish maqsadida otkazildi. Shuningdek, yoshlarga parlament faoliyati, qonun qabul qilish jarayonlari, siyosiy partiyalar va ularning fraksiyalari haqida atroflicha malumot berildi.

Komila KAROMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi va uning parlamentdagi fraksiyasi yoshlar masalasiga alohida etibor qaratib kelmoqda. Xususan, otkazilayotgan tadbirlarda, yoshlar, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligini taminlash, osib kelayotgan yosh avlod jamiyatda oz orniga ega bolishi uchun amaliy yordam korsatilmoqda, ularning siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar izchil otkazilmoqda.

Mazkur jarayonda yoshlar manfaati va talabiga mos takliflar ortaga tashlandi. Tadbirning interaktiv tarzda tashkil etilishi uning kotarinki ruhda, qizgin bahs-munozara asosida otishini taminladi. Yoshlarga oid masalalar va ularning yechimiga doir savollar kop boldi. Bu shuni anglatadiki, yoshlarimizning Vatanimiz kelajagiga, ijtimoiy-siyosiy islohotlarga daxldorlik tuygusi tobora oshib borayotir.

Nazokat ZIYaXADJAYEVA, talaba:

Oz qiziqishlarimdan kelib chiqib, xorijiy mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni muntazam kuzatib boraman. Mamlakatimiz parlamenti faoliyati dunyodagi eng ilgor demokratik davlatlar parlamentidan kam emasligiga iqror boldim. Ayniqsa, parlament faoliyatining ochiq-oshkoraligi, mamlakatimiz demokratik tamoyillar asosida rivojlanib borayotganini korsatadi. Bugungi uchrashuvda parlament faoliyati bilan bogliq kop tajribalarni bilib oldik. Masalan, parlament joylarda qonunlar ijrosini qanday nazorat-tahlil qilishi bilan tanishdik. Shuningdek, OzXDPning parlamentdagi fraksiyasi faoliyati togrisida ham koplab malumotlar oldik.

Biz yoshlarning Oliy Majlis faoliyatini ichidan kuzatish imkoniga ega bolganimiz ijtimoiy-siyosiy fanlardan olayotgan bilimimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Elnara ISMAILOVA, talaba:

Turmush farovonligining yuksalishi, avvalo, fuqarolarning bandlik darajasiga bogliq. Bu masala, ayniqsa, tengdoshlarimiz uchun dolzarb hisoblanadi. Chunki har bir bitiruvchi oz sohasi boyicha egallagan bilimini Vatan ravnaqi yolida sarflashni xohlaydi. Shu bois men bugun imkoniyatdan foydalanib, bandlik dasturi va uning bajarilishi haqida deputatlarga savollar berdim, olgan javoblarim tushunchamni boyitdi.

Huquqiy demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlar siyosiy va huquqiy madaniyatining yuksakligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois partiyamiz yoshlar ortasida siyosiy va huquqiy targibot masalasiga alohida etibor qaratmoqda. Mazkur davra suhbati bu boradagi ishlarning yana bir amaliy ifodasidir.

Alisher RAVSHANOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: