O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
01.01.2017

2017-2021 YILLARDA MAKTABGACHA TALIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha talim muassasalari tarmogini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan taminlash, bolalarni maktab talimiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, talim-tarbiya jarayoniga zamonaviy talim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Quyidagilarni oz ichiga olgan Maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish boyicha 2017-2021 yillarga moljallangan dastur (keyingi orinlarda Dastur deb yuritiladi):

maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish boyicha 2017-2021 yillarga moljallangan chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;

2017-2021 yillarda maktabgacha talim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal tamirlashning asosiy parametrlari, moliyalashtirish hajmi va manbalari 2, 3-ilovalarga muvofiq;

2017-2021 yillarda maktabgacha talim muassasalarida bolalarni maktab talimiga tayyorlash boyicha qisqa muddatli guruhlarni tashkil qilishning asosiy parametrlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Dasturning asosiy maqsadli vazifalari va yonalishlari etib quyidagilar belgilansin:

ilgor xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish;

maktabgacha talim sifatini oshirish, maktabgacha talim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, talim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qollaniladigan zamonaviy talim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;

maktabgacha talim muassasalarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab talimiga tayyorlash boyicha 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish;

zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha talim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning oquv reja va dasturlarini takomillashtirish;

2200 ta maktabgacha talim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan qishloq joylarda maktabgacha talim muassasalarini yangidan qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, oquv-metodik qollanmalar va multimediali vositalar bilan taminlash.

3. Maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish boyicha 2017-2021 yillarga moljallangan dasturning bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi (keyingi orinlarda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Respublika komissiyasi (A.N.Aripov) Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan masul bolgan vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirishni, belgilangan tadbirlarning toliq va sifatli bajarilishi hamda asosiy parametrlarga erishilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirsin.

Respublika komissiyasiga Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taqdimnomasi boyicha maktabgacha talim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal tamirlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli royxatiga tasdiqlangan asosiy parametrlar doirasida ozgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

4. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

maktabgacha talim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal tamirlash, shuningdek oyin maydonchalari, bolalar ayvonlari qurish va ularning hududini orash maqsadlari uchun – Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumtalim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal tamirlash va jihozlash jamgarmasi mablaglari (keyingi orinlarda Jamgarma deb yuritiladi);

maktabgacha talim muassasalari hududini obodonlashtirish va ichimlik suvi bilan taminlash uchun Qoraqalpogiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining mablaglari;

maktabgacha talim muassasalarini jihozlash uchun Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglari;

xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar mablaglari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017 yildan boshlab Jamgarma parametrlarida hamda Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligining xarajatlar smetasida Dasturni amalga oshirish uchun zarur mablaglarning talim sohasiga har yilgi ajratiladigan byudjet mablaglari doirasida alohida satr bilan ajratilishini nazarda tutsin.

5. Belgilansinki:

maktabgacha talim muassasalarini yangidan qurish namunaviy loyihalar boyicha amalga oshiriladi;

maktabgacha talim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal tamirlash ishlarini amalga oshirish boyicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi zimmasiga yuklatiladi;

maktabgacha talim muassasalarini jihozlash, mol-mulkidan samarali foydalanish hamda malakali kadrlar bilan taminlash Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi zimmasiga yuklatiladi.

6. Ozbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qomitasi:

Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi buyurtmasi asosida ToshuyjoyLITI aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda xorijiy tajribadan va mamlakatimizning iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, yangidan qurilishi belgilangan quvvati 70 va 120 orinli zamonaviy maktabgacha talim muassasalarining namunaviy loyihasini ishlab chiqsin;

Dastur doirasida maktabgacha talim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal tamirlash ishlari boyicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan otkazilishini taminlasin;

buyurtmachilar bilan pudratchilar ortasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, jumladan tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlariga qoyiladigan talablarga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoring ornatsin.

7. Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq talimi vazirligi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq, tasdiqlangan maktabgacha talim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal tamirlashning asosiy parametrlari samarali va sifatli bajarilishini taminlash;

har yili Ozbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi loyihasi va qurilishning manzilli royxatini shakllantirishda yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal tamirlash hamda ularni zaruriy jihoz va inventarlar bilan taminlashning moliyalashtirish hajmini aniqlagan holda, maktabgacha talim muassasalarining aniq soni va royxatini belgilash choralarini korsin.

8. Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qomitasi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga quyidagilarni amalga oshirishda shaxsiy masuliyat yuklatilsin:

maktabgacha talim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal tamirlash manzilli royxatiga kiritilgan obyektlar boyicha tanlov (tender) savdolarini oz vaqtida otkazish;

maktabgacha talim muassasalarida qurilish-montaj ishlarining bajarilishi va foydalanishga topshirilishida tasdiqlangan namunaviy loyiha, shaharsozlik normalari va qoidalariga qatiy rioya qilish.

9. Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bir oy muddatda ozlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2016 yil 29 dekabr


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: