O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
17.11.2016

DAVLAT XARIDINING MASULIYATI KATTA

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi davlat xaridlari va uning samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksida davlat xaridlari byudjet tizimi byudjetlarining mablaglari hisobidan amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlari ekani qayd etilgan.

Mutaxassislarning takidlashicha, davlat xaridlari mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida turli tarmoqlarga investitsiya qilish, aholining turmush darajasini kotarish, ijtimoiy vazifalarni bajarish, shuningdek, davlatni boshqarish, mudofaani taminlash kabi maqsadlarda amalga oshiriladi. Demak, davlat xaridlari juda masuliyatli xaridlar hisoblanadi. Bu masalada yetti olchab, bir kesish, har tomonlama oylab, qonunga muvofiq holda vijdonan qaror qabul qilish talab etiladi.

Parlamentimiz Qonunchilik palatasida masul qomitalar tomonidan tashkil etilgan«Davlat xaridlari shaffofligi va samaradorligini taminlashning huquqiy asoslari: holati va istiqbollari»mavzusidagi davra suhbatida shu haqda fikr-mulohazalar bildirildi.

Malumotlarga kora, mamlakatimizda davlat xaridlarining hajmiyalpi ichki mahsulotning 11 foizini tashkil etadi. Yani, bunday xaridlarning sifati, samaradorligi iqtisodiy taraqqiyotimizga bevosita tasir etuvchi muhim omillardan hisoblanadi.

Yurtimizda bu mexanizmning malum huquqiy asoslari yaratilgan bolib, Byudjet kodeksida davlat xaridlari tizimining asosiy qoidalari aks ettirilgan.Sohaga oid 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan. Shu bilan birga, deputatlarning fikricha, sohaning qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirishni hayotning ozi talab etmoqda.

Davra suhbatida Qonunchilik palatasideputatlari, vazirlik, idoralarning rahbarlari, mutaxassislar hamda tadbirkorlar bu boradagi asosiy masalalar haqida ozaro fikr almashishdi.

Ularning takidlashicha, qonunchilikni takomillashtirishda davlat xaridlarini raqobat asosida amalga oshirish, shaffoflik va ochiqlik mexanizmini yaratish, ushbu sohada korrupsiyaning oldini olish, davlat xaridlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish, davlat xaridlari ishtirokchilari uchun shikoyat qilishning mustaqil va samarali tizimi xamda tartibini yaratish, elektron xaridlarni yanada rivojlantirish masalalariga alohida etibor qaratish joizdir.

Shuningdek, davra suhbati ishtirokchilari davlat xaridlari togrisidagi qonun loyihasini pishiq-puxta tayyorlash yonalishlari yuzasidan ham oz fikr-mulohazalarini bayon etishdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: