O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
12.11.2016

DAVLAT XARIDLARI TIZIMI HUQUQIY ASOSLARI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida «Davlat xaridlari samaradorligi va shaffofligini ta’minlashning huquqiy asoslari: holati va istiqbollari» mavzuida davra suhbati bolib otdi.

Sanoat, qurilish va savdo masalalari hamda Byudjet va iqtisodiy islohotlar qomitalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda deputatlar, vazirlik va idoralarning masul xodimlari, mutaxassislar, tadbirkorlar hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Oliy Majlis quyi palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qomitasi azolari va boshqalar mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga qulay imkoniyatlar yaratish, davlat xaridlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hamda tadbirkorlar uchun elektron xarid qilish imkoniyatini yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak samaralar berayotganini takidladi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2011 yil 7 fevraldagi Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb etishni kengaytirish togrisidagi qarori bu borada dasturilamal bolmoqda.

Mamlakatimizda bu muhim mexanizmning huquqiy asoslari yaratilgan bolib, sohaga oid 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan. Davra suhbatida davlat xaridi qonunchiligi hamda tizimining bugungi holati va asosiy yonalishlari, elektron davlat xaridining ushbu jarayondagi shaffoflik va samaradorlikni taminlashdagi orni, davlat xaridi sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, davlat xaridlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish, davlat xaridlari tizimini qollash majburiy bolgan subyektlar doirasini kengaytirish, davlat xaridlari ishtirokchilari uchun shikoyat qilishning mustaqil va samarali tizimi hamda tartibini yaratish, elektron xaridlarni yanada rivojlantirish, natijalarini tahlil qilish uchun yagona malumotlar bazasini, xaridlarning zaruriy parametrlarini joriy etish masalalarining dolzarbligidan kelib chiqib, ularning qonun darajasida aks ettirilishi muhimligi takidlandi.

Mohigul QOSIMOVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: