O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
01.11.2016

DEPUTATLAR 2017 YILGA AHOLI BANDLIGI DASTURINI QABUL QILDILAR

Avval xabar berilganidek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib otdi. Unda deputatlar Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan 2017 yilga aholi bandligi dasturi loyihasini muhokama qildilar.

Mazkur hujjat demografik omillar va iqtisodiyotdagi tarkibiy ozgarishlarni hisobga olgan holda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari salohiyatini ishga solish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish orqali aholi bandligini ta’minlash boyicha ozaro boglangan va kompleks chora-tadbirlarni kozda tutadi.

Dasturda 390 ming kishini doimiy ish joyi bilan, 200 ming kishini – qishloq xojaligi hamda qurilishda mavsumiy va vaqtinchalik ish bilan, 309 ming kishini shaxsiy yordamchi va dehqon xojaliklari, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlik orqali ish bilan taminlash nazarda tutilgan.

Deputatlar tomonidan otgan yillardan farqli ravishda kelgusi yil dasturining parametrlari yanada optimallashtirilib, hududlar va korxonalarning real imkoniyatlari hisobga olingani alohida takidlandi.

Jumladan, qurilish va infrastrukturani rivojlantirish, tuman va shaharlarda kichik sanoat zonalari tashkil etish hisobiga ish orinlari yaratishning yonalishlari kengaytirilgan. Shuningdek, ushbu dastur loyihasini tayyorlashda 2016 yil davomida aholi bandligini taminlash parametrlarining ijrosi yuzasidan deputatlar tomonidan amalga oshirilgan parlament nazorati yakunlari natijasida ishlab chiqilgan takliflar etiborga olingan.

Ushbu dastur loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ozbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi yigilishlarida atroflicha muhokama qilinib, bir qator fikr-mulohazalar bildirildi.

Jumladan, aholi bandligini taminlash boyicha parlament nazoratini yanada kuchaytirish, har bir deputatning ushbu masalaga masuliyatini yanada oshirish lozimligi takidlandi. Mazkur takliflar inobatga olingan holda 2017 yilga aholi bandligi dasturi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Zulayho Akromova, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi azosi:

— 2017 yilda aholi bandligini taminlashga bolgan ehtiyojni aniqlashda yangicha yondashuvlar qollanilgan. Jumladan, dastur loyihasini ishlab chiqishda har bir qishloq (mahalla) boyicha demografik holat birma-bir organilgan va ish joylariga muhtoj bolgan aholining haqiqiy soni kasblar kesimida aniqlangan.

Natijada ish orinlari yaratish imkoni mavjud bolgan sohalar va tarmoqlarning ichki imkoniyatlarini maksimal darajada hisobga olgan holda har bir tuman va shahar kesimida aholi bandligini taminlashga oid buyurtmalar shakllantirilgan. Fraksiyamiz bunday yondashuvni aholining bandlik darajasini oshirish hamda fuqarolarni manzilli ijtimoiy himoya qilishning samarali yechimlaridan biri, deb hisoblaydi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: