O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
19.06.2012

Ish orinlari yaratish va aholi bandligini taminlash

bo‘yicha vazirlik hisoboti tinglandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Mehnat va ijtimoiy masalalar qomitasining yigilishi bolib otdi. Unda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Qonunchilik palatasi qarori bilan tasdiqlangan «2012 yilga moljallangan ish orinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturi»ning birinchi chorakdagi ijrosi togrisidagi axboroti tinglandi.

Furqat XALILOV, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri orinbosari:

— 2012 yil ish orinlari tashkil etish va aholi bandligini taminlash dasturida 967,5 ming ish orni ochish belgilangan edi, shu munosabat bilan yilning birinchi choragida vazirliklar va hokimliklar bu borada kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirdi va 234,4 mingta yangi ish orni yaratildi. Ularning 153 mingdan ortigi qishloq joylarda tashkil etilgani etiborga molik.

Ish orinlarining 10,9 mingtasi yangi korxonalarni ishga tushirish va ishlab chiqarishni kengaytirish hamda rekonstruksiya qilish, 86,6 mingtasi yangi tashkil etilgan kichik biznes subektlari va mikrofirmalar, 30,1 mingtasi yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, 17,1 mingtasi sanoat va ijtimoiy infratuzilma obektlarida, 32,3 mingtasi qishloq xojaligida, 2,7 mingtasi esa ishlamayotgan kichik korxonalar faoliyatini tiklash va bozor infratuzilmasini rivojlantirish hisobiga tashkil etildi.

Kichik biznesda moddiy xom ashyo resurslaridan foydalanish va kreditlashning kengaytirilishi orqali yaratilgan shart-sharoitlar natijasida 13 mingdan ortiq kichik korxonalar va mikrofirmalar oz faoliyatini boshladi. Mana shuning hisobidan 86,6 mingta ish orni ochildi.

Uy mehnati, kasanachilik, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va kengaytirish hisobiga 54,7 mingta ish orni tashkil etildi. Qishloqda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, bogdorchilik, poliz-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saqlashga ixtisoslashtirilgan fermer hamda dehqon xojaliklarini rivojlantirish, ular faoliyat turini kengaytirish, shuningdek, issiqxonalar tashkil etish hisobiga 32,3 ming ish orni yaratildi.

Infratuzilma, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish 17,1 mingta ish orni yaratish imkonini berdi. Toxtab qolgan korxonalar faoliyatini tiklash tufayli 2,7 mingta yangi ish orni ochildi...

Shuningdek, ishtirokchilar kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishlab chiqarish amaliyotini otash va ishga joylashtirish masalasiga ham alohida toxtalishdi. Bu sohada har bir shahar va tumanda korxona-kollej hamkorlik tizimi asosida bir qator ishlar amalga oshirilgani, natijada 501,5 ming nafar kollej bitiruvchisi 93 mingta korxona va tashkilotga amaliyot otash uchun biriktirilgani qayd etildi.

Tadbirda korilgan masalalar ijrosi boyicha mavjud muammolar va yechimini kutayotgan masalalar xususida ham fikr almashildi.

Jumladan, yangi ish orinlari tashkil etish dasturi boyicha Qoraqalpogiston Respublikasining Xojayli, Buxoro viloyatining Shofirkon va Jizzax viloyatining Dostlik tumanlarida, dasturning kichik sanoat korxonalarini tashkil etish boyicha Andijon viloyatining Oltinkol, Marhamat va Qashqadaryo viloyatining Guzor, mavjud korxonalarni kengaytirish, quvvatlarni yangilash, kichik korxona hamda mikrofirmalarni tashkil etish yonalishi boyicha Buxoro viloyatining Vobkent va Romitan, fermer va dehqon xojaliklarini rivojlantirish boyicha Jizzax viloyatining Arnasoy, Gallaorol va Mirishkor tumanlarida belgilangan ishlar talab darajasida bajarilmagan.

Deputatlar bu kamchiliklar sabablarini organib, ularga amaliy yordam korsatish, dastur ijrosini taminlash boyicha har oyda nazorat-tahlil ishlari amaliyotini kuchaytirish zarurligini takidlashdi. Shuningdek, ish bilan band bolmagan aholi, jumladan, yoshlar, xotin-qizlarni doimiy mehnatga jalb etish boyicha amaliy tadbirlarni amalga oshirish, ishsiz fuqarolarni kasbga qayta tayyorlash va ijtimoiy himoyasini taminlash masalalari xususida ham fikr almashishdi.

Tadbir songgida qomitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: