O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
29.10.2016

DEPUTATLAR OZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2017 YILGI DAVLAT BYUDJETI VA DAVLAT MAQSADLI JAMGARMALARI BYUDJETLARINI, SHUNINGDEK, SOLIQ VA BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YONALISHLARINI QABUL QILDILAR

28 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bolib otdi.

Majlisda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakatimiz Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Deputatlar Ozbekiston Respublikasining 2017 yilgi Byudjetnomasi – Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlari, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yonalishlari loyihalarini korib chiqdilar. Majlisda ushbu masala yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi orinbosari moliya vaziri R.Azimov ma’ruza qildi.

Takidlandiki, mamlakatimizning asosiy moliyaviy hujjati iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning orni va rolini tubdan oshirish, xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilish hisobidan yuqori iqtisodiy suratlarni taminlash vazifasini nazarda tutadi.

Mamlakatimiz hukumatining joriy yil 15 yanvardagi majlisida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining shu yil 8 sentabrdagi qoshma yigilishida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar asosida 2016 yil uchun iqtisodiy dasturning eng muhim yonalishlari va ustuvor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan korilayotgan amaliy chora-tadbirlar makroiqtisodiy korsatkichlarga muvaffaqiyatli erishishni, joriy yilda soliq va byudjet siyosatining asosiy yonalishlarini hamda Davlat byudjetining samarali ijro etilishini taminlamoqda.

Taqdim etilgan loyihalar makroiqtisodiy muvozanatni va barqaror iqtisodiy osishni saqlab qolishga, davlat qarzining asossiz osishiga yol qoymaslikka, aholi daromadlari va turmush darajasini yanada yuksaltirishni taminlashga, chuqur tarkibiy ozgartirishlarga va muhandislik, yol-transport hamda ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish boyicha faol investitsiya siyosatini yuritishga, shuningdek, byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, hududlarning daromad bazasini kopaytirish va mahalliy byudjet xarajatlarini maqbullashtirib, subvensiya oluvchi hududlarni kamaytirishga qaratilgan.

Shuningdek, kelgusi yil soliq va byudjet siyosatining asosiy yonalishlari loyihasi soliq yukini yanada kamaytirish, soliq tizimini soddalashtirish va soliq mamurchiligini yaxshilash, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdorini yanada oshirishni, byudjet mablaglarini samarali rejalashtirishga, ulardan foydalanishning natijadorligini oshirishga hamda byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Deputatlar kelgusi yil uchun shakllantirilgan soliq-byudjet siyosatining asosiy yonalishlari, shuningdek, asosiy makroiqtisodiy korsatkichlar bolgan yalpi ichki mahsulotning 7,8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 6,9 foizga, qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtirishning 6,2 foizga, kapital qoyilmalar hajmi 9,6 foizga osishi kozda tutilayotganligini alohida qayd etdilar.

Parlament azolarini qiziqtirgan barcha masalalar yuzasidan olingan batafsil axborotdan song mamlakatimizning 2017 yilgi Davlat byudjeti loyihasi atroflicha muhokama qilindi. Muhokama davomida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ozbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi vakillari sozga chiqdilar. Deputatlar iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini, talim, sogliqni saqlash, fan, madaniyat va jamiyatimiz hayotining boshqa jabhalarini rivojlantirish dasturlari oz vaqtida va toliq moliyalashtirilishi muhimligini takidladilar.

Ijtimoiy sohaga ajratilgan Davlat byudjeti mablaglarining ulushi oshirilishi bizning etiborimizdagi asosiy masala, deydi Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi azosi Sh.Tursunboyev. Kelgusi yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi tolovlari, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorini inflatsiya darajasidan yuqori miqdorlarda oshirilishining izchil davom ettirilishi aholi turmush darajasining yuksalishiga xizmat qiladi. Undan tashqari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oquv yuklamalarini qayta korib chiqish togrisidagi takliflar, talim muassasalarida pedagogik ish yuklamasining kamayishi hisobiga amalga oshirilayotganligi oqitish jarayoni samarasini taminlash bilan birga, oqituvchilarning ish vaqtidan oqilona foydalanishiga imkon yaratadi.

Davlat byudjetining umumiy xarajatlarida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qollab-quvvatlashga ajratilgan xarajatlar 2000 yilda 42,5 foiz bolgan bolsa, joriy yilda kutilayotgan 59,5 foizdan 2017 yilda 59,7 foizga oshirish kozda tutilmoqda. Shuningdek, kam taminlangan va moddiy yordamga muhtoj oilalarni qollab-quvvatlashga va bolali oilalarga beriladigan nafaqalar uchun ajratilgan xarajatlar 2017 yilda qariyb 2,6 trillion somdan ortiq miqdorda, yani 2008 yilga nisbatan 4 barobar kop mablag ajratilishi rejalashtirilayotgani chuqur oylangan ijtimoiy siyosatning natijasidir.

Majlisda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakatimiz Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev sozga chiqdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokama chogida bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda Ozbekiston Respublikasining 2017 yilgi Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlarini hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yonalishlarini tasdiqladi va tegishli qaror qabul qildi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: