O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
12.10.2016

OZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGANLIGINING YIGIRMA TORT YILLIGI MUNOSABATI BILAN AMNISTIYA TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma tort yilligi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchining taqdimnomasiga muvofiq, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 10-bandiga va 93-moddasi 23-bandiga asosan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati

QAROR QILADI:

1. Quyidagi mahkumlar:

a) ayollar;

b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga tolmagan shaxslar;

v) 60 yoshdan oshgan erkaklar;

g) chet davlatlar fuqarolari;

d) Amnistiya togrisidagi Qaror kuchga kirgunga qadar qonunda belgilangan tartibda I yoki II guruh nogironlari, shuningdek sil kasalligining faol shakliga chalingan (dispanser hisobida 1 va 2 guruh) deb e’tirof etilgan shaxslar jazodan ozod qilinsin.

Ushbu bandning amal qilishi:

Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167 va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni toliq qoplamagan, Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi “d” bandida nazarda tutilgan, shuningdek ota ogir jinoyatni sodir etgan shaxslarga;

taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmasin.

2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar, shuningdek ijtimoiy xavfi katta bolmagan yoki uncha ogir bolmagan jinoyatlarni qasddan sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar jazodan ozod qilinsin.

Ushbu bandning amal qilishi:

Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167 va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni toliq qoplamagan shaxslarga;

taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmasin.

3. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, otalmay qolgan jazo muddati uch yildan kop bolmagan, hukmi ushbu Qaror elon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar jazodan ozod qilinsin.

Ushbu bandning amal qilishi:

Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167 va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni toliq qoplamagan, Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida, 104-moddasi uchinchi qismi d bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxslarga;

taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmasin.

4. Taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yoliga qatiy otgan shaxslar jazodan ozod qilinsin.

5. Mazkur Qarorning 1-bandida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar togrisidagi barcha ishlar tugatilsin.

Ushbu bandning amal qilishi:

Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167 va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni toliq qoplamagan, Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi d bandida nazarda tutilgan, shuningdek ota ogir jinoyatni sodir etgan shaxslarga;

taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmasin.

6. Ushbu Qaror asosida ozod qilinmaydigan shaxslarning:

a) qasddan sodir etgan jinoyati uchun on yildan kop bolmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarning otalmay qolgan jazo muddati – uchdan bir qismiga;

b) qasddan sodir etgan jinoyati uchun on yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarning otalmay qolgan jazo muddati tortdan bir qismiga qisqartirilsin.

Ushbu bandning amal qilishi:

Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxslarga;

taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmasin.

7. Ushbu Qarorning amal qilishi uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan; ota xavfli retsidivist deb topilgan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan; jazoni otash tartibini muntazam ravishda buzayotgan; afv etish yoki amnistiya tartibida ilgari jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga; shuningdek olim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmasin.

8. Ushbu Qarorga muvofiq asosiy jazodan ozod etilgan mahkumlar qoshimcha jazolardan ozod qilinmaydi.

9. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qomita va komissiyalari ushbu Qarorning qollanilishi tartib-taomillarining ochiq-oshkora amalga oshirilishini taminlash ustidan bevosita senatorlar, deputatlar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari ishtirokida tasirchan parlament va jamoatchilik nazoratini tashkil etsin.

10. Ushbu Qaror amalga oshirilishi uchun masuliyat Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.

11. Ushbu Qaror elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozim.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi

N.YOLDOSHEV

Toshkent shahri,

2016 yil 12 oktabr


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: