O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
05.06.2012

Ozbekiston Davlat sanat va madaniyat institutini tashkil etish togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Madaniyat va san’at sohasida teatr, kino, televideniye, xalq ijodiyotini rivojlantirish borasidagi zamonaviy talablarga, xalqimizning tobora ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlariga javob beradigan yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi hamda sifatini takomillashtirish va tubdan oshirish, shuningdek, mazkur yonalishdagi oliy talim muassasalarida yaratilgan mavjud moddiy-texnik bazadan yanada samarali foydalanish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 9 aprelda qabul qilingan 237-f-sonli farmoyishi asosida tashkil etilgan Komissiya hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va orta maxsus talim vazirligining Toshkent Davlat madaniyat instituti va Ozbekiston Davlat sanat instituti negizida Ozbekiston Davlat sanat va madaniyat institutini tashkil etish togrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Belgilab qoyilsinki, Ozbekiston Davlat sanat va madaniyat instituti shartnoma va majburiyatlar boyicha sobiq Toshkent Davlat madaniyat instituti hamda Ozbekiston Davlat sanat institutining huquqiy vorisi hisoblanadi.

2. Quyidagi yonalishlar Ozbekiston Davlat sanat va madaniyat institutining eng muhim vazifalari etib belgilansin:

madaniyat, teatr sanati, kino va televideniye sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan, xalq ijodiyoti ananalarini asrab-avaylash va rivojlantirishga qodir, badiiy ijodning zamonaviy metodlari, innovatsion texnika va texnologiyalarni puxta egallagan yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlash;

madaniy-manaviy boylikni asrab-avaylash va kopaytirish, xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygunligi asosida oziga xos xususiyatlarga ega bolgan milliy teatr maktabi va badiiy ijod mahoratini rivojlantirish;

oqitishning zamonaviy shakl va metodlari, ilgor pedagogika, innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron axborot resurslari, jumladan, Internetdan keng foydalangan holda, talim jarayonining yuqori darajada olib borilishini taminlash;

yoshlarni vatanparvarlik va milliy goyaga sadoqat ruhida, manaviy yuksak va har tomonlama barkamol rivojlangan, keng dunyoqarashga ega bolgan va mustaqil fikrlaydigan shaxslar etib tarbiyalash;

madaniyat va sanat sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

3. Ozbekiston Davlat sanat va madaniyat institutining 46 nafar shtat birligi doirasidagi boshqaruv xodimlarining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 9 aprelda qabul qilingan 237-f-sonli farmoyishiga binoan tashkil etilgan Komissiyaning Ozbekiston Davlat sanat va madaniyat institutida amalga oshirish kozda tutilayotgan quyidagi takliflari maqullansin:

“Madaniyat va sanat muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish” yonalishini Oliy talim yonalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritgan holda, ushbu yonalish boyicha bakalavrlar tayyorlash;
Madaniyat va sanat sohasi menejmenti va Ommaviy tadbirlar rejissurasi yonalishlari boyicha yangi magistratura mutaxassisliklarini joriy etish.

5. 2012/2013 oquv yillarida Ozbekiston Davlat sanat va madaniyat institutiga qabul kvotalari 2-ilovaga muvofiq, bakalavrlar tayyorlash boyicha – 297 nafar, jumladan, davlat grantlari boyicha 96 nafar hamda tolov-shartnoma asosida 201 nafar; magistrlar tayyorlash boyicha 40 nafar, jumladan, davlat grantlari boyicha 11 nafar, tolov-shartnoma asosida 29 nafar etib belgilansin.

6. Toshkent Axborot texnologiyalari universitetiga Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik yonalishi boyicha yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash vazifasi yuklansin. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 7 mayda imzolangan PQ-1751-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent Axborot texnologiyalari universitetiga 2012/2013 oquv yillarida ushbu talim yonalishida qabul kvotasi bakalavrlar tayyorlash uchun 60 nafar, magistrlar tayyorlash uchun esa 6 nafar etib belgilangani malumot uchun qabul qilinsin.

Ozbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2012/2013 oquv yillari uchun qabul boyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqsin va Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik yonalishi boyicha yuksak malakali kadrlar tayyorlashni Toshkent Davlat madaniyat institutining ushbu yonalishda talim olayotgan ikkinchi-tortinchi kurs bakalavr va magistrlari mazkur universitetga otkazilishini hisobga olgan holda tashkil etsin.

7. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 9 aprelda qabul qilingan 237-f-sonli farmoyishi asosida tuzilgan Komissiyaga Ozbekiston Davlat sanat va madaniyat institutini Toshkent Davlat madaniyat instituti hamda Ozbekiston Davlat sanat instituti negizida tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.

Komissiya (R.Azimov):

bir hafta muddatda Toshkent Davlat madaniyat instituti hamda Ozbekiston Davlat sanat instituti negizida Ozbekiston Davlat sanat va madaniyat instituti faoliyatini samarali tashkil etish boyicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin;

yangi tashkil etilayotgan Institutga yuksak malakali kadrlarni tanlov asosida, jumladan, Toshkent Davlat madaniyat instituti hamda Ozbekiston Davlat sanat institutining rahbarlari hamda professor-oqituvchilari tarkibini qonunda belgilangan tartibda attestatsiyadan otkazish orqali saralab olishni taminlasin;

yangi oquv yili boshlangunga qadar yangi tashkil etilayotgan Institutning takomillashtirilgan davlat talim standartlariga qatiy mos keladigan, madaniyat va sanatni rivojlantirish boyicha zamonaviy talablarga javob beradigan mutlaqo yangi oquv rejalari hamda dasturlari ishlab chiqilishini taminlash choralarini korsin.

8. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Ozbekiston Davlat sanat va madaniyat institutini asosiy turdagi oquv-laboratoriya, sahna va kompyuter jihozlari, shuningdek, mebel hamda inventarlar bilan jihozlash chora-tadbirlarini belgilasin.

9. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2012-yilda Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlari doirasida Ozbekiston Davlat sanat va madaniyat institutining taminoti, tamirlash ishlarini amalga oshirish hamda jihozlash uchun zarur mablaglar ajratsin va bu ishlarni kelgusi yillarda ham kozda tutsin.

10. Ozbekiston Davlat sanat va madaniyat instituti Toshkent shahar, Mirzo Ulugbek tumani, Yalangoch dahasi, 127a uy manzili boyicha joylashtirilsin.

Ozbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Davlat mulkini boshqarish qomitasi bilan birgalikda Ozbekiston Davlat sanat institutining boshayotgan binolarini Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti balansiga otkazsin.

11. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 21 iyuldagi Mannon Uygur nomidagi Toshkent Davlat sanat instituti faoliyatini takomillashtirish togrisidagi PQ-128-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 26 iyuldagi Mannon Uygur nomidagi Toshkent Davlat sanat institutining nomini ozgartirish togrisidagi 154-sonli qarori oz kuchini yoqotgan deb hisoblansin.

Ozbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi takliflarni taqdim etsin.

12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi orinbosari R.Azimov va Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari A.Aripov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2012-yil 4 iyun


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: