O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
05.12.2015

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan amnistiya togrisida

O‘zbekiston RespublikasiOliy Majlisi Senatining qarori

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 10-bandiga va 93-moddasi 23-bandiga asosan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining SenatiQAROR QILADI:

1. Quyidagi mahkumlar:

a) ayollar;
b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga tolmagan shaxslar;
v) 60 yoshdan oshgan erkaklar;
g) chet davlatlar fuqarolari;
d) I va II guruh nogironlari, shuningdek ushbu Qaror kuchga kirgunga qadar bir yil ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni otashga tosqinlik qiladigan ogir kasalliklarga chalingan, deb topilgan shaxslar jazodan ozod qilinsin.

2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar, shuningdek ijtimoiy xavfi katta bolmagan yoki uncha ogir bolmagan jinoyatlarni qasddan sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar jazodan ozod qilinsin.

3. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, otalmay qolgan jazo muddati ikki yil-u olti oydan kop bolmagan, hukmi ushbu Qaror e’lon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar jazodan ozod qilinsin.

4. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, ushbu Qaror elon qilingan kunda otalmay qolgan jazo muddati uch yil-u olti oydan kam bolgan shaxslar manzil-koloniyalarga otkazilsin.

5. Ushbu Qarorning 1-bandida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar togrisidagi barcha ishlar tugatilsin.

6. Ushbu Qarorning:

a) amal qilishi – uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan; ota xavfli retsidivist deb topilgan; taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etgan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan; jazoni otash tartibini muntazam ravishda buzayotgan; afv etish yoki amnistiya tartibida ilgari jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga; shuningdek olim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaxslarga;

b) 1-bandi amal qilishi Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi «d» bandida korsatilgan, shuningdek ota ogir jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga;

v) 3-bandi amal qilishi Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida va 104-moddasi uchinchi qismining d bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga;

g) 13, 5-bandlari amal qilishi Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167, 168-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etib, yetkazilgan moddiy zararni toliq qoplamagan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmasin.

7. Ushbu Qarorga muvofiq asosiy jazodan ozod qilingan mahkumlar qoshimcha jazolardan ozod qilinmaydi.

8. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qomitava komissiyalari ushbu Qarorning qollanilishi ustidan jamoatchilik nazorati hamda Qarorning qollanish tartib-taomillarining ochiq-oshkora amalga oshirilishida senatorlar va deputatlar korpusining bevosita ishtirokini taminlasin.

9. Ushbu Qaror amalga oshirilishi uchun masuliyat Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.

10. Ushbu Qaror elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi va uch oy ichida ijro etilishi lozim.


Ozbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi N.Yoldoshev

Toshkent shahri,
2015-yil3-dekabr

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: