O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.10.2015

ZAMONAVIY KORPORATIV BOSHQARUV

uslublari joriy etilishi aksiyadorlik jamiyatlari rivojlanishiga xizmat qiladi

Yaqinda bo‘lib otgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir qator qonun loyihalari, shu jumladan, «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublari joriy etilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va voshimchalar kiritish togrisida»gi qonun loyihasi birinchi oqishda korib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi Prezidentimizning Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari togrisidagi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Unga asosan Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish togrisidagi, Buxgalteriya hisoboti togrisidagi, Yol harakati xavfsizligi togrisidagi, Sugurta faoliyati togrisidagi qonunlarga va Soliq kodeksiga ozgartish va qoshimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Deputatlar qonun loyihasi sohadagi qonunchilikning tizimliligini taminlash, ularning normalari va ijro mexanizmlarini birxillashtirish, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv munosabatlarini huquqiy jihatdan toliq tartibga solishga qaratilganini takidlashmoqda.

Qonun loyihasi tegishli vazirlik va idoralar, aksiyadorlik jamiyatlarining vakillari, aksiyadorlar, iqtisodchi olimlar, huquqshunoslar va keng jamoatchilik vakillarining fikr-mulohazalari hisobga olingan holda ishlab chiqildi. Mazkur jarayonda milliy va xorijiy tajriba chuqur organilgan. Shu asosda aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni joriy etish kozda tutilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qonun loyihasini korib chiqish jarayonida deputatlar uning ahamiyati togrisida fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Takidlash joizki, mazkur qonun loyihasi Ozbekiston XDP Saylovoldi dasturida belgilangan muayyan vazifalar amalga oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarning mulkiy huquqi mustahkamlanishi, aksiyadorlik sohasidagi manfaatlar mushtarakligi taminlanishi ishlab chiqarish va xizmat korsatish subyektlari faoliyati rivojlanishiga keng yol ochadi. Natijada ishlab chiqarish va xizmat korsatishni kengaytirish imkoniyatlari, qolaversa, aholi bandligini taminlash samaradorligi ortadi.

Avaz ORINBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

— Avvalo, aksiyadorlik jamiyatining ozi nimaligiga toxtalsak. Bu xojalik yurituvchi subyekt bolib, aksiyadorlar oldida muayyan majburiyatlarga ega hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati ozining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega boladi, oz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlar olishi mumkin.

Bunday jamiyatlar davlat royxatidan otkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqini qolga kiritadi. Agar uning nizomida boshqacha qoida belgilanmagan bolsa, jamiyat cheklanmagan muddatga tuziladi.

Aksiyadorlik jamiyati masuliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi tijorat tashkilotlaridan farqli ravishda ochiq bozorda qimmatli qogozlar chiqarish yoli bilan cheklanmagan shaxslar ortasida investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatiga ega.

Aksiyadorlik jamiyatlariga zamonaviy korporativ boshqaruv uslublari joriy etilishi bu borada yangi imkoniyatlar yaratadi. Qonun loyihasidan kozlangan maqsad ham korxonalarning investitsiya jozibadorligini oshirish, barcha tomonlar manfaatlarining oqilona muvozanatiga rioya qilinishini taminlash, ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining yanada yuqoriroq foyda olinishiga erishish hisoblanadi.

Shu jihatdan olib qarasak, aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublari joriy etilishi, shu munosabat bilan ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritilishi raqobatbardoshlik va jozibadorlikni oshirishda, bir soz bilan aytganda, mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuning uchun OzXDP fraksiyasi azolari qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida faol ishtirok etishga alohida etibor qaratmoqda.

Farhod UMAROV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Qonun loyihasi orqali iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tizimdagi vazifalarni hal qilishda demokratik mexanizmlardan samarali foydalanish, kam taminlangan aholi qatlamining mulkiy huquqini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish kozda tutilmoqda. Unda korporativ boshqaruvning qator zamonaviy uslublarini joriy etish nazarda tutilgan. Masalan, ishlab chiqarish menejmenti, sarmoyadorlar uchun faoliyatning shaffofligi va ochiqligini taminlash uslublarini amalga oshirishga etibor qaratilgan.

Fraksiyamiz azolari fikricha, aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublari joriy qilinishi yurtimiz iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirishning muhim omili hisoblanadi. Sohaning huquqiy asoslari mustahkamlanishi aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyat doirasini kengaytirish bilan bir qatorda aholi bandligini taminlashga xizmat qiladi.

Ayni kunda qonun loyihasi boyicha masul bolgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qomitasi tomonidan loyihani ikkinchi oqishga kiritish boyicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, qonun loyihasi ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda. Parlamentda soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilib, loyiha normalari takomillashtirilyapti.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: