O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
08.09.2015

DAVLAT BYUDJETI IJROSI KORIB CHIQILMOQDA

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining kengaytirilgan yigilishida Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2015 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi yakunlari togrisidagi hisobot korib chiqildi.

Avvalo, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor yonalishlar 2015 yilning birinchi yarmida iqtisodiyotimizning tarmoq va sohalari barqaror rivojlanishiga asos bolgani, iqtisodiy korsatkichlarning yuqori osish sur’atlarini saqlash hamda makroiqtisodiy barqarorlikni taminlash imkonini bergani takidlandi.

2015 yilning birinchi yarmida mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining osish surati 8,1 foizni tashkil etdi. Shuningdek, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 8,1, qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtirish 6,5, kapital qurilish 18, chakana savdo aylanmasi 14,8, xizmatlar hajmi esa 13,1 foizga osgan.

Deputatlar yurtimizda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish, tashqi bozorda xaridorgir mahsulot ishlab chiqaradigan yangi quvvatlarni tashkil etishni ragbatlantirish, hududlarning sanoat salohiyatini mustahkamlash, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish masalalarida faol investitsion siyosat olib borilayotganini alohida qayd etishdi.

Hisobot davrida xususiy mulk va tadbirkorlik subyektlarining sanoatdagi ulushi 31,4 (2014 yilning shu davrida 28,9 foiz), chakana savdo aylanmasida 86,3 (85,9 foiz), pullik xizmatlarda 47,6 (45,2 foiz) va bandlikda 77,2 foizga (76,8 foiz) yetdi.

— Mazkur korsatgichlar aholi bandligi taminlanishiga ijobiy tasir korsatmoqda, deydi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qomitasi azosi, OzXDP fraksiyasi azosi Farhod Umarov. Joriy yilning birinchi yarmida ish orinlari tashkil etish va aholi bandligini taminlash dasturi asosida 441,8 ming ish orni yaratilgan, shundan 274,9 ming ish orni yoki 62,2 foizi qishloq joylarida tashkil etilgan. Davlat byudjetidan ijtimoiy sohani moliyalashtirib borish masalasiga alohida etibor qaratildi. Hisobot davrida ijtimoiy sohaga Davlat byudjeti xarajatlarining 59,2 foizi yonaltirilgan. Mazkur xarajatlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan 13,9 foizni tashkil etgan.

Deputatlarning takidlashicha, hisobot davrida ayrim byudjet tashkilotlarida mablaglarning maqsadsiz sarflanishiga, moliyaviy huquqbuzarliklarga yol qoyilgan.

Yigilishda Davlat byudjeti mablaglarining maqsadli va samarali sarflanishi, byudjet tashkilotlarida moliyaviy intizomga qatiy rioya etilishi yuzasidan masuliyatni oshirish, Ozbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish boyicha bir qator takliflar berildi. Ushbu masalalarda mutasaddi vazirlik va idoralar vakillarining tegishli axborotlari ham hisobga olindi.

Korib chiqilgan masala yuzasidan qomitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Bobur ELMURODOV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: