O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
25.07.2015

DOLZARB QONUN LOYIHALARI KORIB CHIQILDI

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasining navbatdagi yigilishida qator qonun loyihalari atroflicha muhokama etildi.

Dastlab «Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida»gi qonun loyihasi birinchi oqishda korib chiqildi.

Qonun loyihasi xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yolidagi tosiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Unga kora, sud va prokuratura organlarining tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi rolini oshirish, tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyoz va preferensiyalar qollanishi boyicha nazorat mexanizmini takomillashtirish, davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlarining noqonuniy harakatlari uchun javobgarlikni kuchaytirish masalalari kozda tutilmoqda. Shu maqsadda qator qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritilyapti.

– Fuqarolik kodeksiga muvofiq, mulk faqat sud qarori asosida musodara qilinishi yoki haq tolanmagan tarzda olib qoyilishi mumkin, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi Dilmurod Sadullaev. Ayni vaqtda amaldagi qonunchilik ayrim nazorat organlarining mulkni musodara qilish huquqini kozda tutadi. Tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda sud organlarining rolini oshirish maqsadida tovarlar, transport vositalari va boshqa buyumlarni faqat sud qarori asosida musodara qilish mexanizmini joriy qilish taklif etilmoqda. Shu munosabat bilan Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeks hamda Davlat bojxona xizmati togrisidagi Qonunning ayrim moddalariga tegishli ozgartishlar kiritilmoqda.

Fraksiyamiz takidlaydiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining manfaatlari himoya qilinishi ushbu sektordagi ish orinlari kafolatli saqlanishiga, oz ishini yolga qoyish niyatidagi yurtdoshlarimiz faoliyatini ragbatlantirishga ham xizmat qiladi. Bu oz navbatida mamlakatimizda aholi bandligining oshishiga mustahkam zamin yaratadi.

Deputatlar Ozbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksiga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ham birinchi oqishda korib chiqishdi va atroflicha muhokama etishdi.

Mazkur qonun loyihasida yol harakati qoidabuzarliklarining oldini olish samaradorligini oshirish, yol harakati xavfsizligini taminlash va jamoat tartibini saqlashning komputerlashgan boshqaruv tizimini joriy etish, mamuriy huquqbuzarlik sodir etilganida javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga rioya etish masalalari kozda tutilmoqda. Bu transport vositalari haydovchilarining masuliyatini oshirish, yol transport hodisalari oqibatida kelib chiqadigan olim, ogir tan jarohati olish kabi noxush holatlarni kamaytirishga, umuman, fuqarolar xavfsizligini taminlashga xizmat qiladi.

Ozbekiston XDP fraksiyasi kun tartibidagi boshqa qonun loyihalarini ham elektorat manfaatlari nuqtai-nazaridan kelib chiqib, muhokama qildi va ularni konseptual jihatdan qollab-quvvatladi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: