O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
16.07.2015

PARLAMENT NAZORATI

davlat byudjeti ijrosida shaffoflikni ta’minlovchi muhim mexanizm

Farhod UMAROV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi azosi, Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

— Parlament nazorati konstitutsiyaviy, huquqiy-demokratik davlat barpo etishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Parlament nazorati jamiyat hayotining turli jabhalarida olib borilishi mumkin. Moliyaviy soha bundan mustasno emas.

Odatda parlament nazorati kelgusi yil byudjetini tasdiqlash, byudjet ijrosi togrisidagi hisobotlarni eshitish, parlament va deputat sorovlarini hukumat yoki uning azolariga yuborish kabi korinishlarda amalga oshiriladi.

Rivojlangan davlatlar huquqiy amaliyotidan malumki, parlament nazoratining samaradorligi mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga ijobiy tasir korsatadi. Oz navbatida, davlat byudjeti ustidan nazorat qancha kuchli bolsa, davlatning boshqaruv salohiyati ham shuncha yuqori bolishi dunyo tajribasida isbotlangan. Chunki davlat byudjetining nazorati iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar ijrosida, ayniqsa, ijro hokimiyati organlari, shu jumladan, joylardagi mamuriy tuzilmalar, alohida tarmoqlarda faoliyat korsatuvchi va davlat resurslaridan foydalanuvchi xojalik subyektlarining ishtirokini xolisona baholash imkonini beradi.

Shu orinda takidlash kerakki, moliya-byudjet sohasini tartibga solmasdan va barqaror moliyaviy nazoratni yolga qoymasdan turib davlat ahamiyatiga molik masalalar, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni samarali hal etib bolmaydi. Shuning uchun mamlakatimiz qonunchiligida davlat byudjetini qabul qilish va ijro etishning huquqiy asoslari mustahkamlangan.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan davlat byudjetining qabul qilinishi va ijrosi yuzasidan moliyaviy nazorat olib borish tartibi qonunchiligimizda aniq korsatilgan. Xususan, Konstitutsiyaning 78-moddasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Vazirlar Mahkamasi taqdimiga binoan Ozbekiston Respublikasi davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat qilish vakolatiga ega ekani qayd etilgan.

Davlat byudjeti munosabatlarini tartibga solish masalalari Ozbekiston Respublikasi Byudjet kodeksida ham oz ifodasini topgan. Uning 96 va 97-moddalarida belgilanganidek, davlat byudjeti loyihasi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Hisob palatasining xulosasi bilan joriy yilning 15 oktabridan kechiktirmay Oliy Majlis palatalariga kiritiladi va parlamentda tegishli tartibda korib chiqiladi.

Yuqoridagi norma talablari «Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti togrisida»gi Qonunda ham oz ifodasini topgan. Qonunning 152-moddasiga muvofiq, davlat byudjeti loyihasini dastlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasining masul qomitasi korib chiqadi. Shundan song on kun mobaynida boshqa qomitalar, deputatlar birlashmalari hamda deputatlardan loyihaga doir taklif va mulohazalar olib, ularni umumlashtiradi.

Navbatdagi bosqichda asosiy vazifa masul qomita zimmasiga tushadi. Yani, uning majlisida Moliya vaziri yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning davlat byudjeti loyihasi togrisidagi axboroti eshitiladi. Qonunning 153-moddasida davlat byudjeti loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oqishda muhokama qilish Ozbekiston Respublikasi Moliya vaziri yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning maruzasi bilan boshlanishi, keyin masul qomita vakilining qoshimcha maruzasi eshitilishi, maruzalar boyicha muhokama otkazilishi hamda davlat byudjeti loyihasi boyicha Qonunchilik palatasining takliflari va mulohazalari uch kun ichida Vazirlar Mahkamasiga yuborilishi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasi esa on tort kun ichida Qonunchilik palatasining taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda davlat byudjeti loyihasini maromiga yetkazishi va uni yana Qonunchilik palatasiga ikkinchi oqish uchun yuborishi, loyiha Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 15 noyabridan kechiktirmay korib chiqilishi kerak boladi.

Davlat byudjeti loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan rad etilishi ham mumkin. Bunday hollarda buning sabablari aniq dalillar bilan asoslab beriladi va loyiha maromiga yetkazish uchun Vazirlar Mahkamasiga qaytariladi. Takidlash joiz, qonunning 155-moddasidagi ushbu norma kelasi yil uchun byudjet loyihasini korib chiqishda parlamentga keng vakolat berilganini anglatadi.

Agar moliya yili davomida davlat byudjetiga ozgartish va qoshimchalar kiritish zarurati tugilsa, bu masala ham Qonunchilik palatasining majlisida korib chiqiladi.

Byudjet kodeksining qator moddalari hamda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti togrisidagi Qonunda davlat byudjetining ijrosi togrisidagi hisobotlarni Oliy Majlisda korib chiqish tartibi korsatib otilgan. Unga kora, Vazirlar Mahkamasi davlat byudjeti va davlatning maqsadli jamgarmalari byudjetlari ijrosi togrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etadi. Biroq hisobot parlament quyi palatasiga kiritilgunga qadar Ozbekiston Respublikasi Hisob palatasi tashqi audit otkazib, tegishli xulosasini taqdim etishi shart.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli hisobot davri uchun taqdim etilgan davlat byudjeti va davlatning maqsadli jamgarmalari byudjetlari ijrosi togrisidagi hisoboti Oliy Majlis Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlar guruhlari va qomitalarda muhokama qilish asosida korib chiqiladi. Keyin hisobot Qonunchilik palatasi majlisida korib chiqiladi hamda quyi palataning qarori bilan tasdiqlanadi. Shundan song hisobot yili uchun davlat byudjeti va davlatning maqsadli jamgarmalari byudjetlari ijrosi togrisidagi axborot Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Davlat byudjeti va davlatning maqsadli jamgarmalari byudjetlarining har chorakdagi ijrosi togrisidagi hisobotlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan xuddi shunday tartibda korib chiqiladi.

Byudjet va iqtisodiy islohotlar qomitasi parlament quyi palatasida byudjet masalalari boyicha masul qomita hisoblanadi. U respublika nazorat organlari ishtirokida byudjet ijrosi boyicha nazorat-tahlillar olib borish, natijalari yuzasidan muhokamalar otkazish, tegishli tavsiyalar berish vakolatiga ega. Qolaversa, Oliy Majlis deputatlari byudjet ijrosi boyicha deputat sorovlari, rahbariyat bilan kelishilgan holda esa parlament sorovlarini yuborish yoki parlament eshituvlarini tashkil etishga haqli.

Korinib turganidek, parlament nazorati instituti ijro hokimiyatining davlat byudjeti va boshqa davlat resurslaridan foydalanishida tiyib turuvchi mexanizm vazifasini bajaradi. Asosiysi, parlament nazorati byudjet mablaglari sarflanishida shaffoflikni taminlab, davlat va jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: