O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
09.06.2015

ELEKTRON TIJORAT TIZIMI YANADA TAKOMILLASHADI

Mamlakatimiz birjasida savdo ishtirokchilarining yuqori darajadagi raqobati va teng ishtirokini ta’minlaydigan, elektron savdo shaklida amalga oshiriladigan zamonaviy davlat xaridlari tizimi joriy etilgani o‘z afzalliklarini namoyon etmoqda. Elektron savdolardagi davlat xaridlari hajmi oshayotgani, savdo yakunlari boyicha kop milliard somlik byudjet mablaglari tejab qolinayotgani buning isbotidir. Bu jarayonda kichik biznes subyektlari ham faol ishtirok etayotgani etiborga molik.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan «Elektron tijorat togrisida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi. 2015 yil 23 mayda matbuotda Elektron tijorat togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuniga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonun elon qilindi. Mazkur qonunga asosan, Elektron tijorat togrisidagi qonunning yangi tahriri tasdiqlandi.

Yangi qonun milliy qonunchiligimizning ilgor tajribasi hamda zamonaviy xalqaro huquqiy normalar uygunligiga asoslangan holda ishlab chiqilgan. 20 moddadan iborat qonunning asosiy maqsadi elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va yanada takomillashtirishdan iboratdir.

Qonunda elektron tijorat tushunchasiga axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi, deb aniq tarif berilgan. Uning asosiy prinsiplari elektron tijoratda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish erkinligi, shartnomalar tuzishning ixtiyoriyligi, unda ishtirok etish shart-sharoitlarining tengligi, ishtirokchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kozda tutadi.

Malumki, elektron tijorat sohasidagi davlat siyosati ushbu sohani rivojlantirish uchun huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy va boshqa shart-sharoitlar yaratishga yonaltirilgan. Bunda asosiy etibor elektron tijorat vositasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatini qollab-quvvatlash va ragbatlantirish, sohaga investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va jihozlarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratiladi. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining elektron tijorat sohasidagi faoliyatini huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik va boshqa axborotlar bilan taminlash, elektron tijorat sohasidagi ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni ragbatlantirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda elektron tijorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish izchil qollab-quvvatlanadi.

Qonunda ushbu sohani davlat tomonidan tartibga solish masalalariga alohida etibor berilgan. Unga kora, sohani davlat tomonidan tartibga solishni Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va elektron tijorat sohasida maxsus vakolat berilgan davlat organi amalga oshirishi belgilangan. Ushbu normalardan kelib chiqib, tegishli organlarga malum bir vakolatlar ham yuklatilgan.

Qonunning 7-moddasiga kora, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlash va amalga oshirish, davlat organlarining elektron tijorat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borishni hamda sohada xalqaro hamkorlikni taminlaydi.

Maxsus vakolatli davlat organi sohadagi davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi. Boshqa manfaatdor davlat organlari va ozga tashkilotlar bilan birgalikda, oz vakolatlari doirasida, elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Sohani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish boyicha takliflar ishlab chiqadi. Elektron tijorat ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini koradi. Soha faoliyatini tartibga soladigan qonun hujjatlarini takomillashtirishda va ularning ijrosini taminlashda ishtirok etish hamda bu borada tadqiqotlar va monitoringlarni tashkil etadi.

Ushbu munosabatlarni tartibga solishda elektron tijorat ishtirokchisi va axborot vositachisi munosib orinni egallagani bois, qonunda ularning faoliyatiga ham oydinlik kiritilgan. Xususan, elektron tijorat ishtirokchisi deganda elektron tijoratda tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotuvchi yoki ularning xaridori bolgan yuridik yoki jismoniy shaxs tushuniladi. Axborot vositachisi — elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bogliq xizmatlar korsatuvchi yuridik shaxsni anglatadi.

Bundan tashqari, qonunda ularning huquq va majburiyatlari, elektron tijoratdagi shartnoma shartlari, shartnomani tuzish va bajarish, ofertaga qoyiladigan talablar, davlat xaridlari va korporativ xaridlarni amalga oshirish, shaxsga doir malumotlardan foydalanish masalalari ham aks etgan. Korinib turibdiki, yangi tahrirdagi qonunning mazmuni avvalgisidan ancha kengaytirilib, bir qator yangi moddalar qoshilgan.

Qonunning avvalgi tahririda elektron tijoratning asosiy prinsiplari, elektron tijorat sohasidagi davlat siyosati, elektron tijorat sohasini davlat tomonidan tartibga solish, hukumat va maxsus vakolatli davlat organining bu sohadagi vakolatlari, elektron tijoratdagi elektron hujjatlar va elektron xabarlarning yuridik kuchi va boshqa shu kabi normalar nazarda tutilmagan edi. Yangi tahrirdagi qonunda ushbu masalalar ozining huquqiy yechimini topgan.

Yangi qonun elektron tolovlar tizimini yangi bosqichga kotaradi. Chunki shu asosda mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yuqori darajada raqamlashtirishga keng yol ochildi. Bu savdo operatsiyalarini amalga oshirish boyicha xarajatlarni kamaytirish, elektron tijorat subyektlarining bir-biridan uzoqligi bilan bogliq muammolarni hal etish, sotuvchilar va xaridorlar ortasida togridan-togri shartnomaviy munosabatlarni ornatish, xalqaro standartlarga javob beradigan texnologik bozor infratuzilmasini yaratishga xizmat qiladi.

Zafar ROZIYEV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bosh ilmiy xodimi, yuridik fanlar nomzodi.

(OzA)


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: