O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
26.05.2015

YANGI MEYOR VA TALABLAR

mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksaltirish, xalqimiz turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining shu yil 23 yanvar kuni bo‘lib otgan qoshma majlisida hozirgi sharoitda togridan-togri ta’sir korsatadigan qonunlar, kodifikatsiya qilingan qonunchilik hujjatlarini qabul qilish, yangi qonunlarda belgilangan qoidalarni toliq royobga chiqarishni taminlaydigan qonunosti hujjatlarini oz vaqtida elon qilish muhim ahamiyatga egaligi, shu masalalarning barchasi Oliy Majlis palatalarining doimiy diqqat-etiborida bolishi darkorligi alohida takidlangan edi.

Bugun hayotning ozi ilgari surayotgan talablardan kelib chiqib fikrlaydigan bolsak, deputatlar, senatorlar zimmasida juda katta va masuliyatli vazifalar turganini anglash qiyin emas. Demokratik islohotlarning hozirgi bosqichi har birimizdan qonun ijodkorligi, parlament nazorati, saylovchilar bilan ishlash yonalishlarini, umuman, oz faoliyatimizni qayta korib chiqishni, burchimizga munosabatimizni tubdan ozgartirishni taqozo etmoqda.

Biz, senatorlar qancha talabchanlik korsatsak, qonunlar shuncha pishiq va hayotiy boladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatida muhokama etilayotgan barcha hujjatlar yuzasidan prinsipial fikrlarni bildirish va aniq pozitsiyada turib, uni himoya qilish kundan-kunga ahamiyatli masala bolib bormoqda. Bu yaqinda bolib otgan Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida korib chiqilgan qonunlar muhokamasida ham oz isbotini topdi.

Oliy Majlis Senatida mamlakatimizda sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, investitsiya va ishchanlik muhitini yaxshilash, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sud-huquq sohasini takomillashtirish, fuqarolar sogligini muhofaza qilish, axborot xavfsizligini taminlashga doir muhim qonunlar korib chiqildi. Navbatdagi vazifa ushbu qonunlar ahamiyatini jamoatchilikka yetkazish boyicha targibot ishlarini kuchaytirishdan iborat.

Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi deputatlari Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida muhokama etilgan qonunlar mohiyatiga bagishlangan uchrashuvlar otkazmoqda. Masalan, Xojayli tumani 39-okrug saylovchilari bilan uchrashuvda majlisda korib chiqilgan qonunlar mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalarini izchil isloh qilish va erkinlashtirish, davlat hokimiyati boshqaruvini yanada demokratlashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi saylovchilar tomonidan alohida qayd etildi. Ahamiyatli jihati, bu qonunlar odamlarimiz, butun xalqimiz tomonidan qollab-quvvatlanmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki Oliy Majlis Senati yigilishida korib chiqib, qabul qilingan har bir qonun ozining chuqur hayotiy asoslariga egadir. Ular mazmun-mohiyatiga kora mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksaltirish, xalqimiz turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Bir misol. Majlisda senatorlar «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurta qilish togrisida»gi qonunni korib chiqishdi. Unda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurta qilish orqali yurtimizda barcha turdagi transportda tashish vaqtida yolovchilarning hayoti, sogligi va mol-mulkiga yetkazilgan zarar ornining kafolatli ravishda qoplanilishi belgilangan. Qonunning qabul qilinishi bilan nafaqat sugurta bozori va transport infratuzilmasi rivojlanadi, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinadi, shu bilan birga joylarda yangi ish orinlari yaratish imkoniyati ortadi.

Yana bir muhim masala. Yalpi majlisda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, kuchli fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash bilan bogliq masalalar, xususan, ijro hokimiyati organlari, hokimlarning vakillik organlari oldidagi masuliyatini kuchaytirishni nazarda tutuvchi huquqiy bazani takomillashtirishga ham etibor qaratildi. Masalan, senatorlar Mahalliy davlat hokimiyati togrisidagi qonunga kiritilayotgan qoshimchalarga alohida etibor qaratishdi. Bu ozgarishlarga kora, viloyat, tuman va shahar hokimining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti xalq deputatlari Kengashi tomonidan har yili eshitib borilishi belgilab qoyilmoqda. Ushbu qoida Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 103-moddasiga har tomonlama mos va muvofiq keladi.

Mazkur tartib-qoida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini taminlashga, aholi manfaatlari himoyasi bilan bogliq muhim masalalarga oydinlik kiritishga, soha va tarmoqlar rivojini tahlil qilish orqali hayotiy takliflar ishlab chiqishga asos boladi, deb oylayman. Bu OzXDP dasturiy maqsadlariga har tomonlama mos keladi.

Sir emaski, fuqarolarning siyosiy ongi, fuqarolik pozitsiyasi ular mamlakatda qabul qilinayotgan qonunlardan qay darajada xabardorligi, eng muhimi, amaldagi qonunlarning bajarilishini nazorat qilishi bilan olchanadi. Busiz mamlakatda demokratiyani qaror toptirib bolmaydi.

Demak, uchrashuvlarda, davra suhbatlarida parlament tomonidan muhokama etilayotgan, qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida keng tushuntirish ishlarini olib borishimiz zarur. Bu orinda biz, deputatlar, senatorlar asosiy masuliyatni zimmamizga olishimiz talab etiladi.

Guliston ANNAQILICHEVA,

Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesidagi OzXDP fraksiyasi azosi, Oliy Majlis Senati azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: