O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
23.05.2015

QONUNCHILIK PALATASI DASTURI IJROSI DEPUTATLAR ETIBORIDA

Ma’lumki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlatimiz rahbarining 2015 yil 23 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoshma majlisidagi, shuningdek, 2015 yil 16 yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga moljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvorliklariga bagishlangan majlisidagi maruzalarida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan quyi palataning 2015 yilga va keyingi yillarga moljallangan tashkiliy-huquqiy tadbirlari, qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil ishlari Dasturi qabul qilingan edi.

Joriy yilning 22 may kuni mazkur Dasturning 5-bandida nazarda tutilgan vazifalar ijrosi tahliliga qaratilgan davra suhbati otkazildi. Unda Qonunchilik va sud-huquq masalalari qomitasi qoshida tuzilgan ekspertlar guruhi azolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Qonunchilik palatasi faoliyatida siyosiy partiyalar fraksiyalarining roli va ahamiyatini oshirish, koppartiyaviylik tizimini yanada rivojlantirish boyicha fraksiyalar munosabati bildirildi. Qonunchilik palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan hukumat azolarining, davlat va xojalik boshqaruvi organlari rahbarlarining maruzalarini muntazam, tizimli asosda eshitish masalalariga doir qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda siyosiy partiyalar fraksiyalarining faol ishtirok etishi mexanizmlari samaradorligini oshirish boyicha tayyorlangan takliflar muhokama etildi.

— Yigilishda fraksiyalar tomonidan qonunchilik palatasi Reglamentiga palataning qonunchilik, nazorat-tahlil ishlarida siyosiy partiyalar fraksiyalarining faol ishtirok etishi mexanizmlari samaradorligi oshirilishini taminlaydigan ozgartish va qoshimchalar kiritishga doir takliflar bildirildi, deydi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qomitasi azosi, OzXDP fraksiyasi azosi Dilmurod Sadullaev. Qomitamiz tomonidan tuzilgan ishchi guruhi siyosiy partiyalar fraksiyalari bildirgan takliflarni umumlashtirgan holda palata qarori loyihasini tayyorlaydi. Bu, albatta, Qonunchilik palatasi faoliyatini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Davra suhbati yakunida bildirilgan barcha takliflar umumlashtirilgan holda mazkur masala yuzasidan qomitaning tegishli tavsiyalari ishlab chiqildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Axborot xizmati malumoti asosida tayyorlandi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: