O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
16.05.2015

Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taminlash, ularni jadal rivojlantirish yolidagi tosiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning orni va rolini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yolidagi tosiq va cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi ulushini izchil oshirish maqsadida:

1. Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yolidagi tosiqlarni bartaraf etish boyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin, unda quyidagilar inobatga olinsin:

tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va tosqinlik qilish, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortish darajasigacha oshirish;

xususiy mulkni himoya qilish kafolatini kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladigan mamuriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish jarayonini davom ettirish;

barcha turdagi royxatdan otkazish, ruxsat berish va litsenziyalash, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogliq tartib-taomillarni yanada soddalashtirish;

xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, biznes muhitni yaxshilash.

Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni oz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun shaxsiy javobgarlik masul ijrochilar – tegishli vazirliklar, idoralar, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar rahbarlariga, joylardagi davlat hokimiyati organlariga yuklatilsin.

2. 2015-yilning 1-iyulidan shunday tartib ornatilsinki, unga muvofiq:

mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xojaliklari faoliyatiga oid barcha tekshiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan tort yilda bir martadan, boshqa xojalik subyektlarida esa faqat Ozbekiston Respublikasi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi qaroriga asosan uch yilda bir martadan kop bolmagan tartibda amalga oshiriladi;

moliya-xojalik faoliyati bilan bogliq bolmagan rejali tekshiruvlar otkazish muddati 10 kalendar kunidan oshmaydi;

tadbirkorlik subyektlarining moliya-xojalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat songgi tekshiruvdan keyingi davrni qamrab oladi;

qozgatilgan jinoiy ishlar munosabati bilan xojalik yurituvchi subyektlar faoliyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xojalik yurituvchi subyekt jalb etgan advokatlar ishtirokida (xojalik yurituvchi subyekt tomonidan ushbu huquqning rad etilish holatlari bundan mustasno) amalga oshiriladi;

Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (soliqlar yoki boshqa majburiy tolovlarni tolashdan boyin tovlash) birinchi marta sodir etgan, jinoyat aniqlangandan keyin 30 kun ichida davlatga yetkazilgan zararni toliq qoplagan, penya va boshqa turdagi moliyaviy sanksiyalarni tolagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qozgatilmaydi va u javobgarlikdan ozod qilinadi.

3. Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:

tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolatlari togrisidagi qonunchilikning qatiy ijro etilishida qabul qilingan normalarni amaliyotga joriy etish ustidan nazoratni kuchaytirsin, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun vakolatli nazorat, huquqni muhofaza qilish va vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining muqarrar javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortishga qadar oshirishni taminlasin;

2015-yilning 1-iyuliga qadar Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda “Ozbektelekom” AK Qongiroqlarga xizmat korsatish yagona markazi va Bosh prokuratura ishonch telefoni bazasida davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashishi, tadbirkorlik faoliyatiga tosqinlik qilish va mulkdorlar huquqlarining buzilishiga doir masalalar boyicha murojaatlarni tunu kun qabul qilish hamda tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolatlari togrisidagi qonunchilikni buzishda aybdor bolgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar korish tizimini tashkil etsin.

4. Belgilab qoyilsinki:

tegishli davoni korib chiqish davrida tadbirkorlik subyekti tomonidan shikoyat qilinganda sudlarga nazorat qiluvchi organ qarori ijrosini vaqtincha toxtatib turish huquqi beriladi;

soliq va bojxona qonunchiligi tadbirkorlik subyektlari tomonidan buzilishi bilan bogliq holatda ularning mol-mulklari faqat sud qarori boyicha musodara qilinadi;

tadbirkorlik subyektlari tomonidan etiroz qilinadigan qoshimcha hisoblangan bojxona tolovlari xojalik sudi qarori boyicha undiriladi;

Ozbekiston Respublikasi Oliy xojalik sudi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan hamkorlikda uch oy muddatda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaat va huquqlarini ishonchli himoya qilish, tadbirkorlik subyektlari davolarini korib chiqish muddati, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali tezlashtirishni taminlash boyicha sud organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirish borasida takliflar kiritsin.

5. 2015-yilning 1-iyulidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir yollangan ishchi uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida sugurta badali va yakka tartibdagi ish beruvchi tadbirkor uchun belgilangan soliq stavkasining 30 foizi miqdorida soliq tolash sharti bilan bir nafardan uch nafargacha ishchini yollash huquqi beriladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga yollagan holatda kollejni bitirgandan boshlab on ikki oy mobaynida yollanma ishchilar uchun belgilangan soliqdan ozod etiladi.

6. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qomitasi, Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini royxatdan otkazish inspeksiyalari negizida tadbirkorlik subyektlariga bir darcha (keyingi orinlarda bir darcha markazlari) tamoyili boyicha davlat xizmatlari korsatish yagona markazlarini tashkil etish togrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga adliya organlari xodimlarining chegaralangan miqdorini saqlab qolgan holda, bir darcha markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy komak korsatish vazifalari yuklatilsin.

7. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan:

2015-yilning 1-iyuliga qadar turli idoralar huzuridagi bir darcha xizmatlari tomonidan korsatilayotgan davlat xizmatlari toliq inventarizatsiyadan otkazilsin, bir darcha markazlari tomonidan korsatilayotgan xizmatlar tizimga integratsiya qilinsin, tasis hujjatlari va davlat xizmatlaridan foydalanish uchun taqdim etiladigan boshqa hujjatlar, jumladan, litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarining namunaviy shakllari ishlab chiqilsin;

bir darcha markazlarining faoliyati 2016-yilning 1-yanvaridan kechiktirmasdan boshlanishi taminlansin, shu muddatdan boshlab "bir darcha" markazlari tomonidan korsatilayotgan xizmatlar uchun boshqa davlat va xojalik boshqaruv organlariga tadbirkorlik subyektlaridan bevosita hujjatlar qabul qilish taqiqlansin.

8. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlarini davlat royxatiga olishdan tushayotgan davlat bojining jami summasi tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini royxatdan otkazish inspeksiyalari daromadiga, 2016-yilning 1-yanvaridan esa bir darcha markazlarini moliyalashtirish manbai sifatida ularning daromadiga otkazilsin, kelib tushgan mablaglar faqat markazlar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va xodimlarni ragbatlantirish maqsadlariga yonaltirilsin.

9. Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi, Davlat soliq qomitasi, Markaziy bank, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu farmondan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar kiritish boyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsin.

10. Ushbu farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2015-yil 15-may

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: