O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
26.02.2015

QONUN LOYIHASI MUHOKAMASI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida «Aholining sanitariya-epidemiologiya masalalarida osoyishtaligi togrisida»gi Ozbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokamasiga bagishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Quyi palataning Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda Mehnat va ijtimoiy masalalar qomitalari, Ekoharakat deputatlar guruhi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar va ekspertlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri orinbosari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qomitasi raisi B.Alixonov, Mehnat va ijtimoiy masalalar qomitasi raisi Yo.Umarov va boshqalar mamlakatimizda sanitariya-epidemiologiya muhiti barqarorligi va ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar inson salomatligini asrash, xalqimiz munosib turmush kechirishi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qilayotganini takidladi.

1992 yil 3 iyulda qabul qilingan Davlat sanitariya nazorati togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuni aholiga korsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, yuqumli va virusli kasalliklarning oldini olish, sanitariya-epidemiologiya muhiti barqarorligini taminlashda muhim huquqiy asos bolib xizmat qilmoqda.

Ushbu yonalishda amalga oshirilayotgan tizimli ishlar samarasida sanitariya-epidemiologiya xizmatining moddiy-texnika bazasi takomillashmoqda. Jahonda roy berayotgan global tibbiy-ijtimoiy muammolarga qaramasdan, yurtimizda turli yuqumli kasalliklar boyicha epidemiologik barqarorlik taminlanmoqda. Emlash ishlarini reja asosida tashkil etishning zamonaviy infratuzilmasi yaratilib, hayotga izchil tatbiq etilishi natijasida ilgarilari bolalar salomatligiga jiddiy tahdid solgan qizamiq, kok yotal, qoqshol, difteriya, poliomiyelit, parotit kabi yuqumli xastaliklarning oldi olindi.

Globallashuv jarayoni tobora chuqurlashayotgan, taraqqiyot kundan-kunga ilgarilayotgan bugungi davrda bu boradagi ishlarni zamon bilan hamqadam rivojlantirish dolzarb vazifadir. Aholining sanitariya-epidemiologiya masalalarida osoyishtaligi togrisidagi qonun loyihasida ushbu sohadagi huquqiy asoslarni yanada takomillashtirish, profilaktika tadbirlarini otkazishda sanitariya meyorlari, qoidalari, gigiyena talablariga rioya etishning barqaror tizimini yaratish, sanitariya-epidemiologiya xavfsizligini taminlashda davlat nazorati bilan bir qatorda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kuchaytirish va fuqarolarning bu borada masulligini oshirish bilan bogliq ustuvor vazifalar qamrab olingan.

Davra suhbatida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taminlashda qonunchilikni takomillashtirish zaruriyati, yangi qonun loyihasining mazmun-mohiyati, ahamiyatiga bagishlangan maruzalar tinglandi. Qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

B.XIDIROVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: