O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
24.01.2015

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoshma majlisi togrisida axborot

Toshkent shahrida 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoshma majlisi bolib otdi.

Majlisda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.

Yigilishda Vazirlar Mahkamasi a’zolari, idoralar va tashkilotlar rahbarlari, mamlakatimizda akkreditatsiya qilingan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, mahalliy va chet el ommaviy axborot vositalarining muxbirlari qatnashdi.

Majlisni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri N.Ismoilov boshqardi.

Kun tartibi tasdiqlanganidan keyin deputatlar va senatorlar Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangi saylangan Oliy Majlis oldida oz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi togrisidagi murojaatini korib chiqdi.

Prezidentimiz Islom Karimov qoshma majlisda maruza qildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari S.Turdiyev, Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash boyicha orinbosari, senator I.Mirzaaliyev, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari H.Ketmonov, Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori, senator A.Shin, Ozbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari S.Otamuratov, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali direktori, senator O.Ataniyozova sozga chiqib, davlatimiz rahbarining maruzasidagi yonalishlar va xulosalarni qollab-quvvatladi.

Prezidentimiz Islom Karimovning maruzasida qoyilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish togrisida Oliy Majlis palatalarining qoshma qarori qabul qilindi.

Mamlakatimiz Prezidenti Oliy Majlis korib chiqishi uchun Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Shavkat Mirziyoyev nomzodini tavsiya etdi.

Shavkat Mirziyoyev qoshma majlisda Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga moljallangan harakat dasturi haqida nutq sozladi.

Parlament azolari korsatilgan nomzodni maqulladi va Shavkat Mirziyoyevni Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri etib tasdiqladi. Ushbu masala yuzasidan Oliy Majlis palatalari tegishli qarorlar qabul qildi.

Shu bilan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoshma majlisi oz ishini yakunladi.

O'zA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: