O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
15.11.2014

MEKSIKA: SAYLOV NATIJALARI

mamlakat taqdirini hal qiladi

Bugungi kunda jamiyatning demokratlashuvi, iqtisodiyotning taraqqiy etishi, aholi turmush darajasining yuksalishi ko‘p jihatdan siyosiy partiyalar faoliyati bilan bogliqdir. Qaysi davlatda siyosiy kuchlar faol bolsa, osha yurt fuqarolarining siyosiy-huquqiy dunyoqarashi yuqori boladi, demokratik tamoyillar mustahkam qaror topadi.

Dunyoda har tomonlama rivojlanayotgan davlat sifatida e’tirof etilayotgan Meksika siyosat maydonida 10 ga yaqin partiya oz goyalari uchun kurash olib bormoqda. Meksika parlamenti ikki palatali bolib, Senat hamda deputatlar palatasidan iborat. Senat 128, quyi palata esa 500 nafar deputatdan tashkil topgan. Oxirgi saylovlarda 6 yetakchi siyosiy partiya parlamentda deputatlik orinlarini qolga kiritishga muvaffaq bolgan.

Mazkur mamlakatda nufuzli siyosiy kuch hisoblangan Institutsiyaviy inqilob partiyasi songgi saylovlarda parlamentda kopchilik orinni qolga kiritgan. Xususan, 2009 yilda bolgan saylovda quyi palatada 241 mandatga ega boldi. Ahamiyatli tomoni, mamlakat Prezidenti Enrike Penya Neto 2012 yilda otkazilgan saylovlarda aynan mazkur partiyadan nomzod sifatida korsatilgan edi. Bundan korinib turibdiki, ushbu siyosiy partiyaning goyalari, maqsad-vazifalari xalq tomonidan qollab-quvvatlanmoqda.

Partiyaning mafkurasiga etibor qaratadigan bolsak, unda asosan sotsial-demokratik tamoyillar ustuvor ekanini koramiz. Institutsiyaviy inqilob partiyasi ozining tarixiy taraqqiyoti davomida mamlakatda iqtisodiy islohotlar otkazish, orta sinf vakillarini qollab-quvvatlash, shuningdek, siyosiy partiyalarga teng imkoniyatlar yaratish bilan bogliq masalalarga alohida etibor qaratib kelmoqda. 1992 yildan etiboran esa partiya mafkurasida «sotsial-liberalizm» goyasi muhim orin tuta boshladi.

Malumotlarga qaraganda, Meksikadagi ommaviy axborot vositalari ham ushbu partiya faoliyatini doimiy ravishda yoritib, qollab-quvvatlab kelmoqda. Bu esa uning jamiyatda yuqori nufuzga ega bolishi, tarafdorlari yanada kopayishiga xizmat qilmoqda.

Meksikada sotsial-demokratik goyalar tarafdori bolgan yana bir yirik siyosiy harakat — bu Ishchi partiyasi hisoblanadi. Ushbu partiya 1990 yilda tashkil etilgan bolib, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida oz orniga ega. Ayni vaqtda Ishchi partiyasi parlament quyi palatasida 13, Senatda esa 5 deputatlik orniga ega.

Partiya Saylovoldi dasturida fikrlar xilma-xilligi, ijtimoiy adolat, mamlakatda demokratik prinsiplarni qaror toptirish masalasiga alohida etibor qaratilgan. Shuningdek, partiya bank-moliya tizimini isloh qilish, ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi manfaatlarini himoya qilish uchun ham kurash olib bormoqda.

Parlamentda eng kop deputatlik orinlaridan birini qolga kiritgan Milliy harakat partiyasi oz atrofida asosan konservatizm goyalari tarafdorlarini birlashtirgan. 1939 yilda tuzilgan partiya oz mavqeini hozirgacha saqlab kelmoqda. Ularning quyi palatada 114, Senatda esa 38 nafar deputati faoliyat korsatadi. Ushbu siyosiy kuch asosan sotsial-demokratik goyalar tarafdori bolgan partiyalar bilan raqobatga kirishadi. Konservatorlar azaliy qadriyatlarni saqlab qolish uchun kurashgani bois jamiyatda asriy ananalar va qonun ustuvorligini taminlash, yoshlarni ajdodlarga munosib voris etib tarbiyalashga jiddiy etibor berishadi. Shuningdek, xususiy mulkchilikni qollab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, talim, fan, madaniyat sohalarini rivojlantirish, yirik biznesmenlar tashabbuslarini hayotga tatbiq etish ular goyasining asosiy yonalishlaridan biri hisoblanadi.

Biroq, mamlakat prezidentligiga otkazilgan oxirgi saylovda omad konservatorlardan yuz ogirdi. Milliy harakat partiyasidan prezidentlikka nomzodi korsatilgan Xosefina Vaskes Mota muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Mamlakat tarixida prezidentlikka korsatilgan ilk ayol nomzod saylov natijasiga kora, faqatgina uchinchi orin bilan kifoyalanishga majbur boldi.

Bundan tashqari, Meksikada Yashil ekologiya, Demokratik inqilob hamda Kommunistik partiyalar ham oz mavqeiga ega. Ular oz oldiga qoygan maqsadi, saylovoldi dasturi, amalga oshirayotgan ishlari bilan bir-biridan tubdan farq qilmaydi. Aksincha bir-birini toldirib boradi.

Shuni alohida takidlash kerakki, hozirda dunyoda yuksak suratlar bilan rivojlanayotgan davlatlarda, eng avvalo, siyosiy partiyalar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mamlakatning ertangi kuni kop jihatdan siyosiy partiyalarning harakati, oldiga qoygan maqsadlarini qay darajada amalga oshirishiga bogliq. Shu bois fuqarolar eng muhim jarayon saylovlarda faol ishtirok etadi. Chunki saylov natijasi mamlakat taqdirini hal qiladi.

Nurali PIRIMQULOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: