O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
30.08.2014

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining on beshinchi yalpi majlisi togrisida axborot

2014-yil 29-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining on beshinchi yalpi majlisi oz ishini davom ettirdi.

Senatorlar yalpi majlisning ikkinchi kunini Toshkent shahar Hamza tumanining nomini ozgartirish togrisidagi masalani muhokama qilishdan boshladilar. Ushbu masala Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Geografik obyektlarning nomlari togrisida»gi Ozbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq tayyorlanganligi va kiritilganligi korsatib otildi. Ushbu masala Toshkent shahri aholisi ortasida, fuqarolar yiginlari faollarining, jamoat tashkilotlari vakillarining, xususan, Mahalla xayriya jamoat fondi, Ozbekiston Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar vakillarining majlislarida oldindan muhokama qilindi. Senatorlar masalani har tomonlama muhokama qilganlaridan keyin hukumat taklifi, keng jamoatchilik muhokamasi jarayonida bildirilgan fikr va takliflarni umumlashtirish materiallari, geografik obyektlarga nom berish va ularning nomini ozgartirish masalalari boyicha hududiy va respublika komissiyalari tomonidan tayyorlangan xulosalar asosida Toshkent shahar Hamza tumanining nomini Yashnobod tumani deb ozgartirish togrisida qaror qabul qildilar.

Shundan keyin senatorlar Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini va raisi orinbosarini saylash va Ozbekiston Respublikasi Oliy sudining raisini saylash togrisidagi, Ozbekiston Respublikasining bir qator chet davlatlardagi diplomatiya vakolatxonalari boshliqlarini tayinlash va lavozimidan ozod qilish togrisidagi masalalarni, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati vakolatlariga kiritilgan boshqa masalalarni korib chiqdilar.

Senatorlar korib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildilar.

Xalqimizning eng ulug, eng aziz bayrami bolgan Mustaqillikning yigirma uch yilligi arafasida bolib otgan ikki kunlik yalpi majlis davomida senatorlar 15 ta masalani, shu jumladan, 4 ta qonunni korib chiqdilar.

Senatorlarning fikricha, qabul qilingan qonunlar mamlakatimizni yanada modernizatsiya qilish borasidagi islohotlarni chuqurlashtirishning muhim omili boladi. Qabul qilingan Ijtimoiy sheriklik togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuni davlat hokimiyatini demokratlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish ishida katta ahamiyatga ega boladi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini royobga chiqarish doirasida tayyorlangan ushbu qonun mamlakat hayotining turli sohalaridagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda NNTlar davlat tuzilmalari bilan ozaro hamkorlik qilishining samarali huquqiy mexanizmlari tizimini yaratadi. Uni ishlab chiqish jarayonida, shu jumladan, milliy va xalqaro darajalardagi turli anjumanlar doirasida keng jamoatchilik muhokamasi otkazildi.

Olib borilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirish ishida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan ma’qullangan Birjalar va birja faoliyati togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi Ozbekiston Respublikasi qonuni alohida ahamiyatga ega. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan ushbu qonun bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirish sohasida tovar-xomashyo va moliya birjalarini tartibga solish mexanizmlarining samaradorligini oshirishga, birja bitimlari qatnashchilarining kafolatlarini kuchaytirishga, xojalik yurituvchi subyektlar tovar-xomashyo va moliya birjalarida keng ishtirok etishini taminlashga xizmat qiladi.

Senatorlar bozor raqobati sharoitida xojalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy manfaatlarini muhofaza qilishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga qaratilgan Tijorat siri togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunini ham korib chiqdilar va maqulladilar.

Yalpi majlis qatnashchilari Senat tomonidan maqullangan qonunlar ijtimoiy-siyosiy, sud-huquq sohalaridagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish ishida alohida ahamiyatga ega ekanligini korsatib otdilar. Xususan, Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunida saylov qonunchiligini, axborot-kommunikatsiya sohasi, jinoyat, jinoyat-protsessual qonun hujjatlari amal qilishining huquqiy asoslarini, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirishni nazarda tutadi.

Senatorlar ozlari tomonidan maqullangan qonunlar aholi turmush darajasini yanada yuksaltirishning, mamlakatimizda barqarorlik va farovonlikning muhim omili boladi deb ishonch bildirdilar.

Ozbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Matbuot xizmati

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: