O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
28.08.2014

OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATIDA

Bugun, 28 avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining on beshinchi yalpi majlisi ochiladi.

Kecha Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi bolib otdi. Majlisda ishchi guruh rahbarining bolajak yalpi majlisni otkazishga tayyorgarlik togrisidagi axboroti tinglandi.

Senat qomitalarining raislari qomitalarda otkazilgan majlislar hamda on beshinchi yalpi majlis muhokamasiga kiritilgan qonunlar boyicha xulosalar va boshqa masalalar yuzasidan qarorlarning loyihalari tayyorligi haqida axborot berdilar, yalpi majlis ishini tashkil etish togrisida fikr almashdilar.

Kengash majlisida Senatning yalpi majlisi muhokamasiga kiritilgan, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini royobga chiqarish doirasida tayyorlangan, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning hamma sohalarini izchil isloh qilishga va liberallashtirishga qaratilgan Ozbekiston Respublikasi qonunlarining dolzarbligi qayd etildi.

Oliy Majlis Senatining bolajak yalpi majlisida muhim masalalardan biri davlat organlarining NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ozaro hamkorligining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishni, ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini hamda katta ijtimoiy ahamiyatga molik qonun hujjatlarini ishlab chiqish va royobga chiqarish jarayonida keng aholi qatlamlarining manfaatlarini har tomonlama hisobga olish sohasida amalga oshirilayotgan keng kolamli ishning samaradorligini oshirish uchun qulay huquqiy maydon yaratishni nazarda tutadigan «Ijtimoiy sheriklik togrisida»gi Ozbekiston Respublikasi qonunini korib chiqishdan iborat boladi.

Senatning yalpi majlisida birja faoliyatini yanada tartibga solishga, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga, tadbirkorlarning huquqlarini, xojalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga, saylov qonunchiligini, sud-huquq sohasini, atrof-muhitni muhofaza qilishni takomillashtirishga hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan Birjalar va birja faoliyati togrisidagi (yangi tahriri), Tijorat siri togrisidagi, Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunlari ham korib chiqiladi.

Yalpi majlisda Bosh prokurorning inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari togrisidagi, Markaziy bank boshqaruvi raisining Markaziy bankning 2013 yildagi faoliyati togrisidagi hisobotlari korib chiqiladi.

Majlisda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining vakolatiga kiritilgan boshqa masalalar ham korib chiqildi.

Muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Ozbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining Matbuot xizmati


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: