O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
31.07.2014

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi togrisida axborot

2014 yil 30 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bolib otdi.

Majlisni Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov olib bordi.

Kengash Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining on beshinchi yalpi majlisini shu yil 28 avgust kuni Toshkent shahrida chaqirish togrisida qaror qabul qildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 2010 yil 12 noyabrdagi qoshma majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga doir vazifalardan kelib chiqib, Kengash Senat yalpi majlisining kun tartibiga mamlakat siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotining hamma sohalarini izchil isloh qilishga va liberallashtirishga qaratilgan bir qator Ozbekiston Respublikasi qonunlarini kiritdi. Davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari ozaro hamkorligining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishni, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashni, tadbirkorlarning huquqlarini, xojalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilishni va boshqalarni nazarda tutadigan, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan «Ijtimoiy sheriklik togrisida»gi, Birjalar va birja faoliyati togrisidagi (yangi tahrirda), Tijorat siri togrisidagi, Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.

Shu bilan bir qatorda navbatdagi yalpi majlisda senatorlar mamlakatning bir qator idoralari rahbarlarining hisobotini tinglashni, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarni ham korib chiqish va muhokama qilishni nazarda tutmoqdalar.

Oliy Majlis Senati qomitalari va devonining on beshinchi yalpi majlisni tayyorlash va otkazish borasidagi ishini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan tegishli ishchi guruh tuzildi.

Ozbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining Matbuot xizmati


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: