O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
26.07.2014

YANGI QONUN LOYIHASI

unga qanday zarurat bor?

Kuni-kecha parlament quyi palatasida sanitariya-epidemiologiya masalalariga oid yangi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Har bir odam qulay atrof-muhit sharoitlariga ega bolishga haqli. 1992 yilda qabul qilingan «Davlat sanitariya nazorati togrisida»gi Ozbekiston Respublikasi qonunining 4-moddasida shunday deb kafolatlangan. Mazkur qonunga muvofiq mamlakatimizda sanitariya-epidemiya masalalarida xotirjamlik va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning bu boradagi huquqlarini royobga chiqarish boyicha muhim ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Lekin joriy yil 24 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan sanitariya-epidemiologiya masalalariga oid yangi qonun loyihasini korib chiqdi. Ushbu qonun loyihasida Davlat sanitariya nazorati togrisidagi qonunni oz kuchini yoqotgan, deb topish haqidagi masala ham bor. Nega bunday bolayapti?..

Davlat sanitariya nazorati togrisidagi qonun bola turib, bu borada yangi qonun qabul qilishga qanday zarurat tugildi? Buning asosiy sabablari nimalardan iborat?

Bu savollarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Sattor Rahmatov quyidagicha javob berdi:

— Soglom bola yili Davlat dasturida mamlakatimizda har tomonlama soglom avlod voyaga yetishi uchun sharoit yaratish bosh maqsad qilib qoyilgan. Hozir atrof-muhit tez ozgarayapti, kasalliklarning turi kopayib borayapti. Ishlab chiqarish, xizmat korsatish kengaygani sari mahsulotlar va xizmatlarning inson uchun xavfsizligini taminlash, bu borada huquqiy munosabatlarni izchil tartibga solish, kim nima uchun javobgarligini aniq belgilab qoyish zarurati yuzaga keldi. Davlat sanitariya nazorati togrisidagi qonunda bu masalalar toliq qamrab olinmagan.

Yangi qonun loyihasidagi muhim jihatlardan biri aholining sanitariya-epidemiologiya masalalarida osoyishtaligini taminlashda nafaqat davlat organlari, balki fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, mulkchilik shaklidan qati nazar, korxona-tashkilotlar, xususiy tadbirkorlik subyektlari, fuqarolar ishtirok etadi. Shuning uchun ularning vakolatlari va majburiyatlari belgilab berilayapti. Chunki sanitariya-epidemiologik xotirjamlik davlat nazorati bilangina taminlanishi qiyin. Bu butun jamiyat oldidagi masuliyatli vazifa hisoblanadi. Mazkur jarayonda har kimning oz orni, ishtiroki va hissasi bolishi maqsadga muvofiq, deb oylayman.

Qonun loyihasi mamlakatimizda sanitariya-epidemiologik vaziyatni barqaror saqlash, aholi salomatligini asrash va turli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari korilishini kafolatlaydi.

OzXDP fraksiyasi azolarining takidlashicha, qonun loyihasi aholining sanitariya-epidemiologiya masalalarida osoyishtaligini taminlash tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, ijro etuvchi organlar va nazorat qiluvchi xizmatlarga keng imkoniyat beradi.

Qonun loyihasida mehnat sharoitlariga qoyiladigan sanitariya-epidemiologik talablarni aniqlashtirish nazarda tutilmoqda. Unga kora, ish beruvchilar ishlab chiqarish jarohatlarining va kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida xodimlarga xavfsiz mehnat sharoiti yaratib berishi, sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etishi shartligi belgilab qoyilayapti. Bu hozirda xususiy sektorda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini taminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

OzXDP fraksiyasi shularni hisobga olib, Qonunchilik palatasining yalpi majlisida qonun loyihasini birinchi oqishda qollab-quvvatladi. Endi masul qomita fraksiyalar va deputatlarning taklif-mulohazalari asosida uni ikkinchi oqishda korib chiqish uchun tayyorlaydi.

Qonun loyihasi boyicha deputatlar qanday fikr va takliflar beradi?.. Bu haqda jamoatchilikni albatta xabardor etib borishga harakat qilamiz.

Tolqin TORAXONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: