O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
19.04.2014

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida

9-may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 69-yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida:

1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 600 000 (olti yuz ming) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin.

2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasin.

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, badiiy akademiya, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, «Nuroniy» va «Mahalla» jamg‘armalari, boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va sha’nu sharafi himoyachilariga bag‘ishlangan maxsus uchrashuvlar va ma’rifiy-badiiy kechalar o‘tkazsin.

5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,
2014-yil 18-aprel

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: