O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
07.01.2012

Xitoy delegatsiyasi Ozbekistonda

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintaoning maxsus vakili sifatida mamlakatimizga kelgan Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi Raisining o‘rinbosari Chen Chjili xonim rahbarligidagi Xitoy delegatsiyasi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Ilgizar Sobirov bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar barcha sohalarda, jumladan, parlamentarizm sohasida ham izchil rivojlanayotgani alohida ta’kidlandi. Bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotir.

O‘zbekiston va Xitoy qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi munosabatlar izchil faollashmoqda, o‘zaro amaliy hamkorlikning qonuniy asoslarini yanada mustahkamlash borasida samarali hamkorlik qilinayotir. 2011 yilning sentabr oyida Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi Raisi U Bangoning O‘zbekistonga tashrifi ikki davlat parlamentlari hamkorligini yangi mazmun bilan boyitdi.

Uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasining ushbu tashrifiga O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni izchil rivojlantirish, parlamentlararo aloqalarni yanada faollashtirish jarayonining mantiqiy davomi sifatida qaralishi qayd etildi.

– Xitoy bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar uzoq tarix va mustahkam asosga ega, – dedi Chen Chjili. – Mamlakatlarimizning bugungi munosabatlari ham hozirgi zamonning eng dolzarb talablariga mos holda rivojlanib bormoqda. Davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch, O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining huquqiy poydevori mustahkamligi aloqalarimizni yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘layotir. Qayd etish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning aprel oyida Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni va ikki tomonlama do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash tarafdorimiz.

Muzokarada ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shu kuni Xitoy delegatsiyasi Mustaqillik maydonida bo‘lib, bu yerda davlatimiz rahbari Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Mehmonlar, shuningdek, Hazrati Imom majmuini ziyorat qildilar, Temuriylar tarixi davlat muzeyida Sohibqiron va uning avlodlari haqida hikoya qiluvchi rang-barang eksponatlar bilan tanishdilar.

O‘zA



Izoh


Sarvinoz

(ladysarvinoz@mail.ru)

Xitoydek dunyo bozorini egallagan davlat bilan uzaro kelishuvlar O'zbekisnonimiz kelajagiga o'z xissasini qushadi degan umiddaman

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: