O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
11.12.2011

Prezident kitobi organilmoqda

Qarshi shahrida Prezidentimiz Islom Karimovning «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobini o‘rganish va uning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimligining mas’ul xodimlari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va talabalari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining direktorlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobi mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Kitobda milliy istiqlolga erishish, demokratik davlat barpo etish yo‘lida uzoqni ko‘zlab olib borilgan xalqchil siyosat, mustaqillik o‘z-o‘zidan, osonlik bilan qo‘lga kiritilmagani, eski tuzum davrida siyosiy kurashlar avj olgan, parokandalik kuchaygan, ertangi kunga xalqning ishonchi yo‘qolgan murakkab bir paytda Islom Karimovning eskicha yondashuvlardan voz kechib, yangi g‘oyalar, tamoyillar asosida ish yuritgani, bu jarayonda jasorat namunalarini ko‘rsatgani asosli dalillar, yorqin hayotiy misollar vositasida bayon etilgani ta’kidlandi.

— Mustaqilligimiz tarixini o‘rganishda, bu mavzuda ilmiy ishlar yozishda davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobiga qayta-qayta murojaat etilishi shubhasiz, — deydi Qarshi davlat universitetining umumta’lim fanlari kafedrasi mudiri Poyon Ravshanov. — Chunki mazkur kitob istiqlolimiz tarixini o‘rganish va yaratish borasida eng ishonchli manba bo‘lib xizmat qiladi.

Tadbirda tarixiy ahamiyatga molik ushbu kitobni jamiyatimiz ijtimoiy tafakkurini yuksaltirish nuqtai nazaridan teran tadqiq etish, kitobda bayon etilgan g‘oya va qarashlarni Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi bilan bog‘liq holda o‘rganish zarurligi alohida ta’kidlandi.

F. XOLMIRZAYeV,

O‘zA muxbiri.

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: