O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
29.11.2011

JSST Bosh direktori Margaret Chenning Ozbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli: Soglom ona soglom bola mavzuidagi xalqaro simpozium ochilishidagi nutqi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylari,

Muhtaram vazirlar,

Hurmatli simpozium ishtirokchilari,

Xonimlar va janoblar!

Sozimni Ozbekiston Respublikasi hukumatiga ona va bola salomatligi masalalari boyicha ushbu xalqaro simpoziumni tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirishdan boshlashga ijozat bergaysizlar.

Onalar, chaqaloqlar va yosh bolalar salomatligini yaxshilash xalqaro sogliqni saqlash tizimi oldida turgan eng muhim va murakkab vazifalardan biri hisoblanadi.

Ona va bola salomatligini asrashni asosiy ustuvor vazifa sifatida belgilash nafaqat bugungi kun, balki kelajak uchun qoyilgan togri qadamdir.

Bu Ozbekistonda amalga oshirilayotgan «Soglom ona – soglom bola» milliy siyosatining nomlanishida ham yaqqol oz ifodasini topgan.

Ozbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan bu dastur onalar va bolalar haqida gamxorlikning barcha zarur jihatlarini birlamchi tibbiy yordam korsatish va statsionar davolash; muntazam profilaktika korigidan otkazish va shoshilinch tibbiy yordam korsatish; emlash orqali kasalliklarning oldini olish; skrining vositasida erta tashxis qoyish, shuningdek, bolalarda tez-tez uchraydigan baxtsiz hodisalar va jarohatlanish hollarida ixtisoslashgan tibbiy yordam korsatishni oz ichiga olgan.

Ozbekistonda, ayniqsa, ovqatlanish masalalariga katta e’tibor qaratilayotganini takidlash menga alohida mamnuniyat baxsh etadi. Afsuski, sogliqni saqlash sohasiga oid koplab dasturlarda bu ish bilan qishloq xojaligi yoki savdo tashkilotlari shugullanishi kerak, degan qarashdan kelib chiqqan holda, ushbu masalalarga yetarlicha etibor berilmaydi.

Ayni paytda, dunyoning boshqa mamlakatlarida unchalik ahamiyat berilmaydigan yana bir soha osmirlar salomatligi masalasiga ham Ozbekistonda doimiy etibor qaratib kelinmoqda. Salomatlikni mustahkamlashda muhim orin tutadigan sportni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilayotgani ham tahsinga sazovordir.

Ozbekistonda ushbu chora-tadbirlar dunyoning koplab mamlakatlarida odamlar ota murakkab davrni boshidan kechirayotgan bir paytda amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda misli korilmagan tabiiy ofatlar, suv toshqinlari, sunami, yadro falokatlari, Afrika qitasida ommaviy ocharchilik, Yaqin Sharqdagi bir necha davlatlarda hukumatlarning almashishiga olib kelgan fuqarolar mojarolari roy berdi.

Biz global inqirozlar ketma-ket sodir bolayotgan murakkab bir davrda yashayapmiz. Iqtisodiy vaziyatning yomonlashishi davom etmoqda. Aksariyat mamlakatlarda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi haddan ziyod oshib ketdi. Bu, ayniqsa, kam taminlangan oilalarda yetarlicha toyib ovqat yemaslikka sabab bolmoqda.

Tarkibida shakar, tuz va yog kop, ammo muhim toyimli moddalar miqdori nihoyatda kam bolgan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari dunyoning deyarli har bir mamlakatida yangi oziq-ovqat mahsulotiga aylandi. Bunday mahsulotlar nisbatan arzon va qorinni toydirish uchun qulay bolsa-da, yuqmaydigan surunkali kasalliklarning keskin kopayishiga olib keladi.

Ozbekistonda esa, hatto global inqirozlar davrida ham aholining salomatlik korsatkichlari muttasil oshib, umr korish davomiyligi yuksalmoqda. Ozbekiston bu bilan haqli ravishda faxrlansa arziydi.

Biz Ozbekiston Sogliqni saqlash vazirligi Jahon sogliqni saqlash tashkiloti bilan yaqin munosabatlarni qollab-quvvatlayotganini yuksak qadrlaymiz.

Menga Ozbekistonda aholini izchil va samarali emlash dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani haqida malumot berishdi.

Bunday yondashuv, ayniqsa, bolalar salomatligini muhofaza qilish, shuningdek, aholi hayotiga tahdid solishi mumkin bolgan xavfli yuqumli kasalliklarni tez aniqlashda goyat muhim ahamiyatga ega.

Xonimlar va janoblar!

Ozbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan ona va bola salomatligi eng ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Joriy asr boshida davlatlar rahbarlari Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish boyicha majburiyatlarni oz zimmasiga oldi. Bunda ona va bola salomatligi ustuvor vazifa sifatida amalga oshirish muddati belgilab berilgan kam sonli maqsadlar hamda vazifalar sirasiga kiritilgan.

Otgan on yillik ushbu maqsadlarga erishish yolidagi ustuvor yonalishlarni aniq belgilash va bu borada say-harakatlarni birlashtirish katta ahamiyatga ega ekanini korsatdi.

Bir necha on yillar mobaynida butun dunyoda onalar olimi korsatkichi yiliga yarim million darajasida barqaror saqlanib keldi. Bu raqamlar sogliqni saqlash sohasidagi aniq, achinarli va doimiy malumotlar sifatida qayd etib kelindi.

Songgi on yilda bu borada shiddatli ozgarishlarning guvohi bolmoqdamiz. JSST va YUNISEFning 2010 yilgi statistik malumotlari butun dunyoda onalar olimi sezilarli darajada kamayganini korsatmoqda. Bunda eng katta, yani 60 foiz kamayish Sharqiy Osiyo va Shimoliy Afrikada kuzatilmoqda.

Bizda yana bir xushxabar bor. Otgan on yilda besh yoshgacha bolgan bolalar orasida olim holatlari yarim asrdan ortiq davr ichida ilk bor 10 milliondan pasaydi va bu kamayish davom etmoqda. Bugungi kunda ushbu korsatkich dunyo boyicha 7,6 million holatni tashkil etadi.

Arzon va samarali choralar yordamida bunday ayanchli holatlarning uchdan ikki qismidan ziyodrogining oldi olinganida, mazkur korsatkich yanada yaxshi bolishi mumkin edi.

Shunga qaramay, biz ijobiy va sezilarli natijalarga erishganimizni etirof etish zarur.

Xonimlar va janoblar!

Ozbekiston bu borada oz yutuqlari bilan faxrlansa arziydi. Xalqaro statistika shuni korsatmoqdaki, onalar, godaklar va bolalar olimining oldini olish oson ish emas.

Bunga erishishning sabablari kop va ularning ayrimlarigagina toxtalib otishga ijozat bergaysizlar.

Birinchidan, bu muammo koplab mamlakatlarda, odatda, balandparvoz gaplaru yuksak vadalar berish bilan muhokama etiladi. Ammo, mavjud tajribadan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, bunday gamxorlik siyosiy iroda va qatiyat bilan mustahkamlanmasa, biz hech qachon bu borada taraqqiyotga erisha olmaymiz.

Ozbekistonda esa 1991 yildan buyon siyosiy masuliyat yuksak darajada ekanini korib turibmiz.

Ikkinchidan, ayniqsa, qishloq joylarda sifatli, yaxshi rivojlangan, nisbatan arzon va barcha foydalanishi mumkin bolgan tibbiy xizmatlarsiz onalar olimini kamaytirishda taraqqiyotga erisha olmaymiz.

Onalar olimining oldini olish samaradorligi, shuningdek, toliq malakali shoshilinch akusherlik yordami va undan foydalanish imkoniyatlarining nechogli kengligiga ham bogliq.

Ozbekiston ushbu muammolarni, jumladan, sogliqni saqlash tizimini tubdan isloh etish va uni xalqaro prinsiplar, xususan, birinchi tibbiy-sanitariya yordamini korsatish normalariga muvofiqlashtirish hamda aholining tibbiy xizmatlardan teng foydalanishini taminlash orqali samarali hal etmoqda.

Bunday islohotlar jamiyatda ijtimoiy adolatning mustahkamlanishiga va katta iqtisodiy samaradorlikka erishishga xizmat qiladi.

Zotiljam bilan kasallangan kichik yoshdagi bolalarni uy sharoitida antibiotiklar bilan bemalol davolash mumkinligi haqida dalillar bor. Holbuki, bu kasallik ushbu yosh guruhida olimga olib keladigan eng keng tarqalgan ikki sababdan biri hisoblanadi.

Bunday bolalarni har doim ham shifoxonada davolab bolmaydi. Negaki, u yerda ularning nozik organizmi boshqa bemorlardagi mavjud koplab viruslar tasiriga duchor bolishi mumkin.

Uy sharoitida bezgak kasalligini davolash masalasida ham shunday xulosaga kelish mumkin.

Xotin-qizlar salomatligini mustahkamlashdagi muammolar nafaqat texnik yoki tibbiy xususiyatga ega, balki birinchi navbatda, ijtimoiy, madaniy yoki siyosiy omillar bilan ham bogliqdir. Bu muammolarni qonunchilik va ijro hokimiyati organlari tomonidan qatiy qollab-quvvatlanadigan yuqori davlat darajasidagi odilona siyosatni amalga oshirish orqaligina kamaytirish, hattoki, ularga butunlay barham berish mumkin.

Masalan, jahonning aksariyat davlatlarida ayollar ozining yoki farzandlarining hayoti qil ustida turgan bolsa-da, tibbiy yordamga murojaat qilishi uchun eri yoxud uning qarindoshlaridan ruxsat olishi kerak.

Bunday muammolarning har birini milliy darajada hal etish foydali ekanini takidlamoqchiman.

Sogliqni saqlash tizimi ijtimoiy institut hisoblanadi va bolalarni dunyoga keltirish hamda dori preparatlarini tarqatishdan tashqari ham yana koplab masalalarni oz ichiga oladi. Adolatli boshqariladigan va mablag bilan taminlanadigan sogliqni saqlash tizimi ijtimoiy totuvlik hamda barqarorlikni taminlashga xizmat qiladi.

Zero, dunyoda bugun koplab muammolarga duch kelayotgan har qanday mamlakat ijtimoiy barqarorlikka intiladi.

Xonimlar va janoblar!

Nafaqat yutuqlar, balki istiqboldagi vazifalarga ham toxtalib otmoqchiman.

Dunyoning turli mamlakatlari tajribasi bilan tanishish, ilgor amaliyotlarni organish va samarali yechimlarni aniqlash mazkur xalqaro simpoziumning maqsadlaridan biridir.

Har bir mamlakat oziga xos va salomatlik bilan bogliq talay muammolarni hal etish kop jihatdan mavjud shart-sharoitga bogliqligiga qaramay, bu borada muvaffaqiyatga erishishning katta xalqaro tajriba va jiddiy dalillarga asoslangan bir necha muhim yollarini qayd etib otishga ijozat bergaysiz.

Birinchidan, emlash natijaga erishishning samarali usuli hisoblanadi. Bolalarni emlash sogliqni saqlashning eng qudratli va iqtisodiy jihatdan samarali profilaktika chorasi bolib qolmoqda.

Ikkinchidan, oilani rejalashtirishga oid xizmatlardan teng foydalanish imkoniyati muvaffaqiyatga erishishning yana bir oson uslubidir. Mazkur yondashuv Ozbekiston sogliqni saqlash tizimida ozining yaqqol ifodasini topgan.

Uchinchidan, osmir qizlar orasida homiladorlik holatlarini kamaytirish vazni kam chaqaloqlar tugilishining oldini olishga yordam beradi va qizlarni qashshoqlikka mahkumlik hamda ijtimoiy yakkalanib qolishdek mushkul ahvoldan saqlaydi.

Tortinchidan, toyib ovqat yeyish homilador va emizikli ayollar hamda bolalar uchun nihoyatda muhimdir.

Ovqatlanish masalasi simpozium kun tartibiga kiritilganini etiborga olganda, forum ishtirokchilari togri parhezning muhimligi haqida batafsil axborotga ega bolishi mumkin.

Bu boradagi eng songgi malumotlar ovqatlanish bilan bogliq masalalarning naqadar muhimligidan dalolat beradi. Bolaning ona qornida yoki tugilgandan song dastlabki yillarda toyib ovqatlanmasligi keyinchalik surunkali yurak, saraton va ayniqsa, qandli diabet kasalligining rivojlanish xavfi oshishiga olib keladi.

Xonimlar va janoblar!

Pirovardida Ozbekistonga, uning xalqi va hukumatiga, shifokorlar, hamshiralar va sogliqni saqlash sohasining boshqa xodimlariga, ayniqsa onalar, yangi tugilgan chaqaloqlar, yosh bolalar va osmirlarga eng yaxshi istaklarimni bildirish hamda muvaffaqiyatlar tilashga ijozat bergaysiz.

Ozbekiston bu borada ozining oqilona strategiyasi, siyosati va ustuvor yonalishlarini belgilab olgan. Soglom ona va soglom bola bu kelajak avlodlar kamolga yetishining eng togri yolidir. Bu soglom jamiyat barpo etish va har tomonlama barkamol shaxsni voyaga yetkazish kafolatidir.

Bularning hammasi, barcha sogliqni saqlash xodimlari, shu jumladan, men ham korishni orzu qilgan natija hisoblanadi.

Etiboringiz uchun tashakkur.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: