Uzb | Rus
Bugun 6 Sentabr  2010 y.
  >>Parlament   >>OAVga oid qonunlar

ijrosi o‘rganildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida» hamda «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlarning Toshkent shahridagi ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat-tahlil yakunlari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda ommaviy axborot vositalarini yanada erkinlashtirish va demokratlashtirishga oid mustahkam huquqiy baza yaratilgani va tobora takomillashib borayotgani alohida qayd etildi.

Qo‘mita ishchi guruhi tomonidan taqdim etilgan nazorat-tahlil materiallari muhokamasi davomida davlat boshqaruvi va hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining sohaga taalluqli qonunlar talablarini ijro etish yuzasidan axborotlari tinglandi. — Mamlakatimiz OAV o‘ziga xos tadrijiy yo‘lni bosib o‘tdi, deya ta’kidlandi yig‘ilishda. Uning jamiyatdagi barcha qatlamlar o‘rtasida aloqa o‘rnatuvchi ijtimoiy vosita sifatidagi o‘rni beqiyos. Ishchi guruhi OAV faoliyatini tartibga solish, ularning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, erkin fuqarolik jamiyati yaratishdagi mavqeini mustahkamlash borasidagi qonunlar ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil o‘tkazdi. Unga ko‘ra, ba’zi OAV faoliyatida muayyan kamchilik va nuqsonlar borligi ko‘zga tashlandi. Jumladan, Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi davriy nashrlarda 25, teleradiokanallarda 5, «uz» domenidagi veb-saytlarda 18 marta qonun buzilishi hollari aniqlangan.

Shuningdek, OAVda malakali kadrlar yetishmasligi, ta’sis hujjatlari kamchiliklardan xoli emasligi, gazeta va jurnallarni chop etish, ko‘rsatuv va eshittirishlarni tayyorlash, efirga uzatish jarayonlarida sohaga oid qonun talablariga yetarli darajada rioya etmaslik jurnalistikaning rang-barang janrlaridan to‘laqonli foydalanish imkonini bermayapti. Natijada ko‘plab nashrlar bir xil janr, xususan, xabarlar bilan cheklanib qolmoqda, bu esa ularning o‘ziga xos yo‘l ochishi va o‘ziga xos qiyofa kasb etishiga monelik qilmoqda.

— OAVga oid qonunlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi bir qator me’yoriy hujjatlar va dasturlar qabul qilgan, — dedi Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Fazliddin Ziyoev. — Jumladan, Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan OAV o‘z nizomlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda izchil faoliyat ko‘rsatib, mamlakatimiz va poytaxt siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy hayotidagi yangiliklar, islohotlarning samarasi, bunyodkorlik ishlarini keng targ‘ib etish, yuz berayotgan o‘zgarishlarga oid axborotlarni tarqatishda faollik ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, yig‘ilishda so‘zga chiqqan boshqa ishtirokchilar qonunlarni ijro etishda muassislar bilan tahririyatlar o‘rtasidagi shartnomalarga oid majburiyatlar ba’zi hollarda bajarilmayotgani, ayrim tahririyatlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilashga yetarlicha e’tibor berilmayotgani bosma nashrlarning iqtisodiy holatiga, jurnalistlar mehnatini rag‘batlantirishga ma’lum ma’noda salbiy ta’sir etayotgani haqida mulohaza yuritishdi. Axborot sohasining huquqiy tizimini yanada mustahkamlash, milliy matbuotimiz sifati, mahorat va ta’sirchanligini oshirish, uni rivojlangan davlatlar OAV erishgan yuksak talab va mezonlar darajasiga ko‘tarish maqsadida qonunchilikni yanada takomillashtirish zarurligini ta’kidlashdi.

Nazorat-tahlil jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Gulruh ODASHBOYEVA



Ruknlar

«  Parlament
«  Siyosat
«  Iqtisodiyot
«  Ta’lim
«  Tibbiyot
«  Ma’naviyat
«  Huquq
«  Qonun va sharh
«  Ijtimoiy hayot
«  Ekologiya
«  San’at
«  Sport
«  Dolzarb mavzu

 
 


<< Sentabr >>
Y D S Ch P J Sh
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30    
<< 2010 >>
 
 

Reklama


 
 

Copyright © 2009 Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi .



Когда конец света? в 2012 году? каталог php скриптов
учебники вебмастеру

Разработка Eskiz.