Uzb | Rus
Bugun 29 Iyul  2010 y.
  >>O`zXDP hayoti   >>1 SAVOLGA 1 JAVOB

Muyassar ORIPOVA, Zangiota tuman tibbiyot birlashmasi qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi

Elektoratni tashvishlantirayotgan muammolarni o‘rganish va ularni ijobiy hal etishda BPTning o‘rni qanday bo‘lishi kerak?

— Boshlang‘ich tashkilot — partiyaning asosiy tayanchi va suyanchi. U partiyaning yuqori tashkilotlaridan ko‘ra xalqqa, elektoratga ancha yaqin. Shuning uchun elektorat muammolarini o‘rganishda uning imkoniyati katta. Boshlang‘ich partiya tashkiloti o‘z vazifasini to‘laqonli o‘tashi uchun birinchi navbatda quyidagi masalalarga e’tibor qaratishi lozim:

— jamoatchilik fikrini o‘rganish;

— mavjud muammolarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini hududiy partiya tashkilotlariga yetkazish;

— bu muammolarga partiyadan saylangan barcha darajadagi deputatlar va jamoatchilik e’tiborini qaratish.

Qolaversa, boshlang‘ich tashkilot partiya g‘oyalari va dasturiy maqsadlarini fuqarolar orasida keng targ‘ib etish, elektorat manfaatlarini himoya qiluvchi qonun va qarorlar ijrosi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil qilishi lozim. Eng muhimi, u elektorat bilan ish olib borishda zamonaviy usullardan, siyosiy texnologiyalardan keng foydalanishi zarur. Boshlang‘ich partiya tashkiloti hamisha elektorat bilan birga bo‘lishi, unga hamnafas, hamdard bo‘lishi, uning og‘irini yengil qilishga ko‘mak berishi lozim. Shundagina u elektoratning asosiy himoyachisi, partiyaning mustahkam tayanchiga aylanadi.



Ruknlar

«  Parlament
«  Siyosat
«  Iqtisodiyot
«  Ta’lim
«  Tibbiyot
«  Ma’naviyat
«  Huquq
«  Qonun va sharh
«  Ijtimoiy hayot
«  Ekologiya
«  San’at
«  Sport
«  Dolzarb mavzu

 
 


<< Iyul >>
Y D S Ch P J Sh
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
<< 2010 >>
 
 

Reklama


 
 

Copyright © 2009 Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi .



Когда конец света? в 2012 году? каталог php скриптов
учебники вебмастеру

Разработка Eskiz.