Uzb | Rus
Bugun 29 Iyul  2010 y.
  >>Xorijda   >>OROLLAR QAYTARILISHI

qo‘llab-quvvatlandi

Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining Meksikada bo‘lib o‘tgan navbatdagi sammitida ishtirokchilar Folklend (Malvin) orollari boshqaruvi Argentinaga qaytarilishini yakdil qo‘llab-quvvatladi.

Meksika prezidenti Felipe Kalderonning jurnalistlarga bergan intervyusida aytishicha, deyiladi «Novosti» AA xabarida, keyingi paytlarda aynan shu orollar boshqaruvi yuzasidan Argentina va Buyuk Britaniya munosabatlarida muammolar yuzaga kela boshlagan edi. Joriy yilning 22 fevralida Buyuk Britaniya Argentinaning qat’iy norozilik bildirayotganiga qaramay Folklend orollarida neft qazib olish ishlarini boshlab yuborgani munosabatlarni yanada keskinlashtirdi. Ya’ni Argentina prezidenti Kristina Fernandes de Krishner Folklend orollariga kelayotgan har qanday dengiz yuklari Argentina nazoratidan o‘tishi va maxsus litsenziya olishi shartligi haqida farmon e’lon qildi. Sammit ishtirokchilari aynan shu keskinlikni yumshatish va munosabatlardagi muammolarni muzokaralar yo‘li bilan bartaraf etishga harakat qildi va ularni murosaga chaqirdi.

Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu bahsli masalada Amerika Qo‘shma Shtatlari Buyuk Britaniyani qo‘llab-qavvatlamasligini bildirdi. Kuni kecha esa Argentina tashqi ishlar vaziri BMT bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashib, mazkur mojaroli vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal etishda BMT vositachilik qilishini so‘radi.

Atlantika okeani janubida, Argentina qirg‘oqlaridan 500 kilometr uzoqlikda joylashgan Folklend orollari XIX asr boshlarida Argentinaga tegishli bo‘lgan. U Argentina an’analariga ko‘ra, Malvin orollari deb yuritilgan. Ammo 1833 yili Buyuk Britaniya orollarni bosib olgan. 1982 yili Argentina orollar ustidan o‘z nazoratini o‘rnatmoqchi bo‘lgan va bu harakat ikki davlat o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlarni yuzaga keltirgan. Natijada Argentina 649 nafar, Buyuk Britaniya esa 255 nafar harbiysidan ayrilgan.

Qurolli to‘qnashuvlarda Buyuk Britaniya g‘olib bo‘lgan va orollar nazoratini o‘zida saqlab qolgan. Argentina va Buyuk Britaniyaning diplomatik aloqalari 1990 yilda tiklangan. Ammo rasmiy Buenos-Ayres orollar Argentinaga tegishli, deb hisoblaydi.

Shu narsa aniqki, endi ikki tomon o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar kelib chiqmaydi. Chunki sammitda ikki tomon ham bu borada o‘z zimmalariga majburiyatlar oldi.



Ruknlar

«  Parlament
«  Siyosat
«  Iqtisodiyot
«  Ta’lim
«  Tibbiyot
«  Ma’naviyat
«  Huquq
«  Qonun va sharh
«  Ijtimoiy hayot
«  Ekologiya
«  San’at
«  Sport
«  Dolzarb mavzu

 
 


<< Iyul >>
Y D S Ch P J Sh
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
<< 2010 >>
 
 

Reklama


 
 

Copyright © 2009 Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi .



Когда конец света? в 2012 году? каталог php скриптов
учебники вебмастеру

Разработка Eskiz.