>>O`zXDP hayoti >>1 SAVOLGA 1 JAVOB
Abror Sulaymonov, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati:
Bugunning deputati qanday bo‘lishi kerak, undan nimalar talab etilmoqda?
— Bugungi kun deputati odamlar dardini o‘ziniki deb biladigan shaxs bo‘lishi kerak. Deputat o‘zi saylangan hududdagi muammolarni chuqur o‘rganib, ularni mahalliy Kengashlar, tegishli ijro etuvchi organlar oldiga qo‘yib, ijobiy hal etmaguncha tinib-tinchimasligi zarur. To‘siqlarni yengib o‘tishga qodir bo‘lib, qiyinchilikdan cho‘chimaslik kerak. U avvalo partiyamiz Dasturi, saylovoldi hujjatlari, o‘zining maxsus ish rejasi asosida faoliyat yuritishi lozim.
Shu bilan birga, deputat qonunlar ijrosini nazorat qilish, huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini saylovchilarga tushuntirib berishi darkor. Aholini qonun va qarorlar bilan muntazam tanishtirib borish ham faoliyatimizning asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
Eng muhimi, Prezidentimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida alohida ta’kidlaganidek, saylovchilar bilan muntazam, tizimli ishlash hamda ular irodasini vakillik organida ifoda etishdir. Bularning barchasi deputatdan katta mas’uliyat talab etadi.
|